Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEPUTATLIK NAZORATI QAY AHVOLDA?

×

 2021-05-29 15:45:57    140

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi kotibiyat majlislar zalida tuman Kengashining doimiy komissiyalar yig’ilishi bo’lib utdi.

Yig’ilishda uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish, uy-joyga muhtojlarni yashash manzili bilan ta'minlashda adolat va shaffoflikni ta'minlashga doir ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo’yicha Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining faoliyati, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi, “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da 2021 yil tuman Dasturida belgilangan vazifalarni joylardagi ijrosi, So’x tumanida “Yoshlar daftari” va “Ayollar-daftari”ga  kiritilgan ishsiz fuqarolarni bandligini ta'minlash yuzasidan joylarda  amalga oshirilayotgan ishlar keng muhokama etildi.

Tumandagi sektor rahbarlar va ushbu hududdan saylangan deputatlar bilan hamkorlikda hududlarda zamonaviy ko’p qavatli uylar qurish, ipoteka bozorini rivojlantirish, kam ta'minlangan va uy-joyga muhtoj oilalar ro’yxatini tuzish, subsidiya asosida uy-joylar bilan ta'minlash borasida tumanda tizimli ishlar yulga quyildi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8-avgust kunidagi “2020-2021 yillarda Farg’ona viloyatining So’x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi                PQ-4798-sonli qarori asosida tumanning Devayron, Navobod va Chashma MFYlarida jami 7 ta ko’p qavatli 204 xonadondan iborat uylarni qurish uchun 1.45 ga yer maydoni ajratilgan va bugungi kunda qurilish-montaj ishlari jadal suratlar bilan olib borilmoqda.

Mazkur uylarni O’zbekiston Respublikasi Mustaqiligining 30 yillik bayramiga foydalanishga topshirilishi hamda 204 ta uy-joyga muxtoj oilalarni turar-joy bilan ta'minlash rejalashtirilgan.

Tumanda istiqomat qiluvchi oilaviy sharoiti og’ir, kam ta'minlangan                 65 ta uy-joyga muxtoj oilalarni ro’yxati shakllantirilib, mazkur fuqarolarga uy joyning boshlang’ich badal to’lovlari davlat byudjeti hisobidan to’lab berildi. 

Tumanda uy-joyga muhtoj oilalar ro’yxatini shakllantirish va boshlang’ich badallarini davlat byudjetidan to’lab berilishi va qurilish-montaj ishlari jarayoni ustidan deputatlik va jamoatchilik nazorati o’rnatildi.

Yig’ilishda yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash, ularni kasbga o’qitish orkali bandligini taminlash, ularga bank kreditlarini berishda tijorat banklarining mas'ullari tomonidan turli qiyinchiliklar, ovoragarchiliklarga yul quyilayotganligi yuzasidan deputatlar tomonidan qayd etildi va tijorat banklari rahbarlariga ushbu muammoni bartaraf etishda mas'uliyatsizlik bilan yondoshib kelayotganligi yuzasidan qat'iy e'tirozlar bildirdi. Bundan tashqari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturida belgilangan vazifalarni ijrosini ta'minlashda ayrim tashkilotlardan biriktirilgan mas'ullari tomonidan samarali ishlar yulga quyilmaganligi keng muhokama etildi. 

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 apreldagi “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro’yxatdan o’tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 218-son qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiya raislari, o’rinbosarlari va kotiblariga tuman Kengash qaror loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va ro’yxatdan o’tkazish yagona elektron – “E-qaror” tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi ta'minlash borasida tushuntirildi.

Kelgusida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish ishlarida qoloqlikga yul quyib kelayotgan ayrim mutasaddilarni faoliyatini o’rganish va intizomiy choralar qo’llanilishi ko’rib chiqish haqida taklif-loyihalar ishlab chiqilishi belgilandi.

So’x tumanida investitsiya loyihalarni ishga tushurish yangi ish o’rinlarini yaratish, aholi bandligini ta'minlash hamda tumanni ijtimoiy iqtisodiy kompleks rivojlantirish borasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazorati o’rnatish borasida bir qotor vazifalar belgilab olindi.

        So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram