Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSH HADISSHUNOSLAR BELLASHUVI

×

 2021-05-01 12:34:14    26

PDF yuklash
Chop etish


        Avval xabar berganimizdek, Respublika ma'naviyat-ma'rifat markazi So’x tumani bo’linmasi tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o’rganish hamda  kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida tuman hokimligi, tuman bosh imom-xatibi va tuman xalq ta'limi bo’limi hamkorligida “Imom Buxoriy izdoshlari” nomli hadisxonlik ko’rik-tanlovi e'lon qilingan bo’lib, tuman madaniyat bo’limida mazkur tanlovning yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi.

        Tanlovda tumanimizning UO’T maktablaridan 5-11 sinf o’quvchilari ishtirok etishdi va yakuniy bosqichda har bir ta'lim muassasasidan 1 nafar g’olib bo’lgan ishtirokchining bilim darajasi hakamlar hayti tomonidan sinovdan o’tkazildi.

        Tanlov natijasiga ko’ra, o’g’il bolalar o’rtasida birinchi o’rin 25-sonli UO’T maktabi o’quvchisi Umedjon Mirsaidovga nasib etdi. Ikkinchi o’rinni 21-sonli maktab o’quvchisi Shohrux Mamarizoyev egalladi. 1-sonli IDUM o’quvchisi Dilshux Subhiddinov tanlovning uchinchi o’rinini egallashga muvaffaq bo’ldi.

        Qizlar o’rtasidagi bahslarda esa, g’oliblik 1-IDUM talabasi Durdona Abdullayevaga nasib etdi. 22-sonli UO’T maktabi vakili Munira Vahobova va 18-sonli ta'lim muassasasi o’quvchisi Ziyoda Davronbekovalar ikkinchi va uchinchi o’rin sohibalari bo’lishdi.

        Tanlov g’olib va sovrindorlariga tashkilotchilarning esdalik va qimmabaho sovg’alari barobarida “Qur'on” kitobi ham taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram