YANGI TARBIYA MASKANI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2021-04-22 18:31:24 161
Bugun tumanimizdagi oilaviy-nodavlat ta'lim tashkiloti soni yanada bittaga kuaydi. Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida tadbirkor Imomali Nishonov tashabbusi bilan tashkil etilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
- O’tgan 2020 yil davomida tumanimizda 22 ta oilaviy-nodavlat ta'lim tashkiloti foydalnishga topshirilgan bo’lsa, 2021 yilning birinchi choragida bu ko’rsatigich 4 tani tashkil etadi. Ya'ni shu kunga qadar So’xda 26 ta oilaviy-nodavlat ta'lim tashkiloti faoliyati yo’lga qo’yildi. Prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalar qamrovini 37,4 foizdan 58 foizga yetkazish ko’rsatilgan. Bugungi kundagi ko’rsatigich 59,9 foizni tashkil etadi. Qilinayotgan barcha ishlar bevosita davlatimiz rahbari e'tibori asosida ekanligi bilan ham ahamiyatlidir, - deydi So’x tumani MTT bo’limi mudiri G. Usmonova.
Tadbirkor Imomali Nishonov tashabbusi bilan tashkil etilgan muassasa ochilish marosimida qatnashgan tuman hokimligi, 2-sektor vakillari so’zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan barkamol avlod ta'lim-tarbiyasiga berilayotigan e'tibor haqida gapirib, bunga javoban har bir soha vakili sidqidildan mehnat qilishi va farzanladrimiz tarbiyasi yo’lida astoydil faoliyat olib borishi lozimligini ta'kidlashdi. Tadbir davomida bolajonlar tomonidan tashkil etilgan badiiy kompozitsiya, ijro etilgan qo’shiq va raqslar barcha ishtirokchilarga manzur bo’ldi.
Tadbir jarayonida tadbirkorga va bevosita bolajonlarga tuman hokimligi, homiy tashkilotlar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan esdalik va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
Endilikda yangi ochilgan “Amirxon Mustafo” ta'lim tashkilotida 50 nafar bolajonlarga ta'lim-tarbiya berish imkoniyati paydo bo’ldi. Kelgusida tadbirkor muassasa faoliyatini kengaytirish niyati borligini ham bildirdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram