BESH TASHABBUS IJROSI - AMALDA
2021-04-20 20:27:09 204
Bugun Lenbur mahalla fuqarolar yig’inidagi 18-sonli umumiy o’rta ta'lim muassasasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi bo’yicha kengaytirilgan amaliy o’quv-seminar o’tkazildi.
Seminarda tuman hokimligi, tuman XTB, barcha ta'lim muassasalari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari va hamkor tashkilotlar vakillari qatnashdilar. Maktabda 5 ta muhim tashabbus bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, tashkil etilgan to’garaklarning faoliyati seminar ishtirokchilariga namoyish etildi. Barcha amaliy ishlar va ta'lim muassasada tashkil etilgan to’garaklar fa'oliyati ishtirokchilar tomonidan o’rganildi hamda o’quvchilar tomonidan har bir tashabbus bo’yicha sahnalashtirilgan chiqishlar mehmonlar va ishtirokchilarga havola etildi.
Seminarni yakunida barcha ta'lim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari bilan xizmat yo’riqnomasi o’tkazildi, tadbir davomida bugungi epidemiologik jarayonda sanitariya qoidalarga rioya etishlik, sohaga daxldor qo’shimcha to’garaklarni tashkil etish bo’yicha topshiriqlar berildi va seminar bo’yicha ishtirokchilar bilan o’zaro fikr almashildi. Qatnashchilar tomonidan ta'lim muassasadagi ishlar ijobiy baholandi va shu qatorda kamchiliklarni bartaraf etish borasida ham muassasa rahbariyatiga tavsiyalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram