SO’X TUMANIDA KORONAVIRUSGA QARSHI EMLASH ISHLARI BOSHLANDI
2021-04-12 10:18:24 173
Xabaringiz bor, tumanimizda koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash ishlari boshlandi. Tuman SEOM bosh hakimi Manuchehr Ahroriyning ma'lumotiga ko’ra, So’x tumaniga 600 doza ZF-UZ-VAG 20-01 va 800-doza ASTRA-ZENEKA-COVID-19 vaktsinasi olib kelindi. Mutasaddilarning so’zlariga ko’ra, birinchilardan bo’lib, bu vaktsina bilan 65 yoshdan yuqori bo’lgan nuroniylar va tibbiy xodimlar emlanadi.
Tumanimizning 11 ta mahallasi – Hushyor 50-sonli va Tul 51-sonli qishloq oilaviy poliklinikalari, shuningdek, Qizilqiyoq, Sarikanda, Mulgon, Demursad, Zangat, Lenbur, G’aznov oilaviy shifokorlik punktlari, Yangiariq shifokor xizmat uyi va ko’p tarmoqli markaziy poliklinikalarda emlash punktlari tashkil etilib, bu punktlarga 44 nafar tibbiyot xodimi va 11ta avtomobil biriktirilgan.
Emlashning birinchi kuni 21 nafar fuqaro va 25 nafar tibbiyot xodimi vaktsina olgan bo’lsa, kecha, yakshanba kuni ham birgina Hushyor 50-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida 11 nafar tibbiyot xodimlari va 29 nafar 65-yoshdan yuqori bo’lgan fuqarolar emlandilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram