Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOZGI AMFITEATR O’RNIDA YANGI BOG’ TASHKIL ETILMOQDA

×

 2021-04-08 16:32:10    63

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi bilan tumanning Soybozor massivida tashkil etilayotgan "Xotira va G’alaba" bog’ida bugun ish qizg’in. Tuman hokimi qurilish jarayonlari bilan tanishish maqsadida ushbu mavzega tashrif buyurib, ishlarni sifatli bajarish va belgilangan muddatda foydalanishga topshirish bo’yicha hokim o’rinbosarlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarariga o’zining ko’rsatma va tavsiyalarini berdi.

Ayni kunda tuman obodonlashtirish idorasi ishchilari hududni obodonlashtirish bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirishmoqda. Bog’ni barpo etish ishlari hashar yo’li bilan amalga oshirilayotir. Eslatib o’tamiz, ushbu mavzeda sobiq tuman hokimi H. Sayfiddinov tashabbusi va hashar yo’li bilan yozgi amfiteatr bunyod etilgan. Tarixiy sanalarga bag’ishlangan tadbirlar, Mustaqillik, Navro’z bayrami tadbirlari aynan shu yozgi amfiteatrda o’tkazilgan.

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram