Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BEFARQLIK XIYONATGA TENGDIR

×

 2021-04-06 16:21:36    190

PDF yuklash
Chop etish


     Respublika hukumati va bevosita davlatimiz rahbari tomonidan biz So’x tumani aholisiga berilayotgan e'tibor zamirida ushbu ko’hna va navqiron zaminda istiqomat qilayotgan fuqarolar manfaati mujassam. Zotan, bu muqaddas zaminda inson aziz va qadri mo’'tabardir.

        Tabiiyki, berilayotgan barcha e'tibor va g’amxo’rliklar uchun biz samarali mehnat va faoliyatimiz bilan javob qaytarishimiz lozim. Lekin ba'zi pallalarda ba'zi bir insonlar o’z zimmasidagi burch va manfaatlarni unutib qo’yganliklari odamni xafa qiladigan darajada ranjitib qo’yadi.

     Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tumanning Guliston va Mulgon mahallalarida bo’lib, ushbu hududlarda olib borilayotgan obodonchilik ishlari bilan tanishdi. Aprel oyining oltinchi kuni o’tayotgan bo’lsa hamki, bu hududlarda obodonlashtirish ishlari haligcha boshlanmagan, bunday ishlar olib borilayotgan bo’lsada, “qo’l uchi” bilan qilinayotganligini nima bilan izohlash mumkin? Tuman hokimi mahallalardagi yo’llar ahvoli bilan tanishib, tuman yo’lsozlik idorasi mutasaddilari bilan tanqidiy ro’hda so’hbatlashdi. – “Mendan ketguncha, egasiga yetguncha” maqoliga tayanib ish tutib bo’lmaydi. Bu bilan biz o’zimizni aldaymiz xolos. Fuqarolarimiz nahotki o’zlari yashayotgan uylari obodligi va ozodaligiga befarq bo’lishsa?, - deya mahalla raislariga yuzlandi tuman hokimi.

        Tozalanmagan, tartibga keltirilmagan ariqlardan suv shunday yangi asaflt qilingan yul orqali oqmoqda. Mahalla obodligi, tozaligi va ozodaligiga eng avvalo, biz o’zimiz – mahallda yashayotgan fuqarolar mas'ulmiz. Buni aslo unutmaslik kerak. Hududlardagi ichki yo’llar ahvoli bo’yicha tuman yo’lsozlik idorasi Habibjon Mirzoyev ma'lumot berib, bunday kamchilik va yuzaga kelgan muammolarni kelishilgan holda bartaraf etish bo’yicha va'da berdi. Prezidentimizninng 4798-sonli qarori asosida ishlarni allaqachon boshlab yuborish lozimligi bo’yicha tuman hokimi o’z fikrlarini bayon etdi. 

     To’g’ri, bahor seryomg’ir kelib, obodonlashtirish ishlariga to’sqinlik qildi, lekin azmi qat'iy va shijoati baland bo’lgan xalqimiz uchun bunday holatlar bahona bo’lmasligi lozim. Ishni belidan mahkam bog’lab, berilayotan e'tiborga nisbatan xayrixoh bo’lib, tuman obodligiga hissa qo’shish har birimizning fuqarolik burchimiz hisoblanadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati      


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram