SO’X TUMAN SEKTOR RAHBARLARI RISHTONDA
2021-04-05 15:35:17 156
Ayni damda So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi tuman sektor rahbarlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Prezidentimizning 4798-sonli qarorida ko’rsatilgan aholini ish bilan ta'minlash bo’yicha bandlarini bajarilishi bo’yicha viloyatimizning shahar va tumanlarida o’rganish ishlari olib borilyapti. Bugun ishchi guruh Rishton tumaniga tashrif buyurdi. So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevga tuman hokimi Sufhonjon Soliyev hamrohlik qildi. Tashrif davomida mehmonlar To’raobod MFYda tadbirkor Saidjon Ahmedovga qarashli elektroskuterlar ishlab chiqarayotgan tsex faoliyati bilan ham tanishishdi.
Eslatib o’tamiz, Prezidentimiz qarorining 12 bandida So’x tumani aholisi uchun Farg’ona viloyatining Yozyovon, Qo’shtepa, Bag’dod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratilishi ko’rsatib o’tilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram