Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAYLOV QONUNCHILIGI TAKOMILLASHTIRILISHI MUNOSABATI BILAN AYRIM QONUN HUJJATLARIGA KIRITILGAN O’ZGARTISH VA QO’SHIMCHALAR

×

 2021-03-30 08:47:16    151

PDF yuklash
Chop etish


 O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 8 fevraldagi “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 670-sonli Qonuni yangi O’zbekistonning yangi saylov yiliga qadam qo’yishida muhim voqea bo’ldi.

Mazkur qonunning ayrim jihatlariga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, jumladan, Qonuning birinchi moddasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 117-moddasining ikkinchi qismidagi “dekabr” degan so’z “oktyabr” degan so’z bilan almashtirilib, kelgusida saylovlar o’tkazish oktyabr oyida belgilandi va bu borada tegishli Qonunlarga ham o’zgartish kiritildi.

Shuningdek, mazkur Qonunning uchinchi moddasida O’zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida”gi Qonuniga quyidagi o’zgartishlar kiritildi:

Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag’larining bir nomzod hisobiga to’g’ri keladigan miqdori O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag’lari shu partiyadan ko’rsatilgan nomzodlar ro’yxatga olinganidan keyin ro’yxatga olingan nomzodlar soniga muvofiq hajmda siyosiy partiyaning hisob-kitob varag’iga belgilangan tartibda o’tkaziladi.

Saylovda siyosiy partiyalarning ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag’lar siyosiy partiya tomonidan:

tashviqot olib borishga;

nomzodlarning ishonchli vakillari va tashviqot o’tkazish uchun jalb qilinadigan boshqa faollar ishini tashkil etishga;

saylov kampaniyasini o’tkazishga doir umumpartiyaviy tadbirlarga sarflanishi kerak.

Siyosiy partiya har yili qonunchilikda belgilangan muddatlarda hamda tartibda moliya organlariga, davlat soliq xizmati organlariga, O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Adliya vazirligiga hisobot davrida olingan hamda sarflangan moliyaviy va boshqa mablag’lar to’g’risida moliyaviy hisobot taqdim etishi shart. Siyosiy partiya saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun o’ziga ajratilgan davlat mablag’lari yuzasidan saylov kunida oraliq hisobotni, saylov natijalari e'lon qilinganidan keyin esa yakuniy hisobotni O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi.

Siyosiy partiyaning moliyaviy hisobotida davlat mablag’larining kelib tushishi va sarflanishi alohida qismda nazarda tutiladi. Bunda siyosiy partiya tomonidan saylovda ishtirok etish uchun sarflangan mablag’lar alohida hisobga olinadi.

Siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish to’g’risidagi hisobot shakli va uni taqdim etish muddati O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Siyosiy partiyaning hisobotlari uning rasmiy veb-saytida va bosma nashrida e'lon qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan siyosiy partiyalarning moliyaviy faoliyatini tekshirish natijalari ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.

Mazkur Qonuning 4-moddasida O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga quyidagi o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi:

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Qonunchilik palatasi deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovini o’tkazish bo’yicha saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini o’tkazish bo’yicha saylov uchastkalari esa tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.

Uchastka saylov komissiyasi a'zolarining yarmidan ko’pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas, bundan O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari mustasno.

O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida saylovchilarning ro’yxatlari mazkur muassasalar boshliqlari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida tuziladi.

O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarni saylovchilar ro’yxati bilan tanishish usuli, joyi va vaqti to’g’risida xabardor qiladi.

Chet davlatlarda turgan fuqarolar O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalariga ularni saylovchilar ro’yxatiga kiritish to’g’risida saylovdan o’n besh kun oldin yozma shaklda yoki O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarning ularni saylovchilar ro’yxatiga kiritish to’g’risidagi murojaatida ko’rsatilgan shaxsga doir ma'lumotlarni tekshiradi va fuqaroni saylovchilar ro’yxatiga kiritish haqidagi masalani hal qiladi.

O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari saylovchilar ro’yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi ma'lumotlarni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi saylovchilar ro’yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi ma'lumotlarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron ro’yxatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun taqdim etadi.

Chet davlatlarda turgan fuqarolarga saylovchilar ro’yxatidagi o’ziga tegishli ma'lumotlar bilan tanishish imkoniyati O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari rasmiy veb-saytlari orqali ham ta'minlanadi.

O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar soni haqida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi saylov byulletenlarining tayyorlanishi va yetkazib berilishini ta'minlaydi.

Nomzod saylovga qadar vafot etgan, saylov huquqidan mahrum bo’lgan yoxud nomzodlikdan chaqirib olingan taqdirda nashr etilgan saylov byulletenlaridan ushbu nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismi yozilgan satr o’chiriladi. Muddatidan oldin ovoz berish jarayonida bunday nomzodni yoqlab berilgan ovozlar uchastka saylov komissiyalari tomonidan ovozlarni sanab chiqish chog’ida haqiqiy emas deb topiladi.

Quyidagilarning saylovoldi tashviqotini olib borishi taqiqlanadi:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining;

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining, O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo’linmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining, sudyalarning;

saylov komissiyalari a'zolarining;

diniy tashkilotlar professional xizmatchilarining.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga o’z mansab va xizmat mavqeidan saylovoldi tashviqoti vaqtida har qanday siyosiy partiyaning yoki nomzodning foydasiga yoxud unga qarshi foydalanishi taqiqlanadi.

Tashviqot maqsadida ommaviy axborot vositalaridan bepul foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalarning fikrini inobatga olgan holda tegishli saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha o’tkaziladi.

O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va chet davlatlarning vakolatli davlat hokimiyati organlari bilan kelishuvlarga muvofiq chet davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarda muddatidan oldin ovoz berish saylovchining turgan joyida o’tkazilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi to’g’risida qaror qabul qiladi va bu haqda saylovchilarni, kuzatuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor etadi.

Saylovchilarning turgan joyida ovoz berish O’zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a'zosi hozirligida o’tkaziladi.

Ovoz berish tugaganidan keyin uchastka saylov komissiyasi a'zolari ko’chma ovoz berish qutisini ochadi, uning ichidagi saylov byulletenlarini sanamasdan maxsus qopga joylaydi, qopni surg’uchlaydi va bu haqda dalolatnoma tuzadi.

Saylov byulletenlari solingan qop surg’uchlangan holda dalolatnoma bilan birga saylov uchastkasiga olib boriladi va saylov kuni ovozlarni sanab chiqish jarayoni boshlanguniga qadar saqlanadi.

Okrug bo’yicha saylov natijalari okrug saylov komissiyasining majlisida aniqlanadi va bayonnomaga kiritiladi. Bayonnoma komissiyaning raisi, rais o’rinbosari, kotibi, boshqa a'zolari tomonidan imzolanadi hamda tegishli saylov komissiyasiga taqdim etiladi. Mazkur bayonnomaning ko’chirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun darhol uchastka saylov komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga osib qo’yiladi.

Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlariga okrug bo’yicha saylov natijalarini aniqlash ushbu moddada belgilangan tartibda tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Saylov komissiyalarining a'zolariga saylovga tayyorgarlik ko’rish hamda uni o’tkazishga doir xarajatlar smetasida ko’rsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa xarajatlarning o’rnini qoplash maqsadida kompensatsiya to’lanadi.

Saylov komissiyasining doimiy ish joyiga ega bo’lmagan a'zolariga, shu jumladan pensionerlarga mehnatga haq to’lashning yagona tarif setkasiga muvofiq ish haqi to’lanadi.

Shu o’rinda yuqoridagi Qonunning 5-moddasi talablaridan kelib chiqib, aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazib borishni davr taqozo etadi.

X.Xoliqov - Jinoyat ishlari bo’yicha

Farg’ona tuman sudining sudyasi                                              

M.Inamxonov - Farg’ona viloyat sudi

Sudya katta yordamchisi                                 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram