Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IIB XODIMLARIDAN EZGU TASHABBUS

×

 2021-03-29 15:19:16    84

PDF yuklash
Chop etish


     15-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi tumanning "qizil hududi"dagi Sharqobod mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan. Mahallada tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i, 3-sektor rahbari Qosimjon Rahimberdiyev tashabbusi bilan xayrli ishga qo’l o’rildi. Yuqorida nomi keltirilgan maktabda tuman ichki ishlar bo’limi xodimlari tomonidan ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. 

        - 3-chorakning ta'til kunlarida biz shu tashabbusni amalga oshirish maqsadida taklif berdik va ushbu taklif barcha xodimlar tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi. Aslida mahallada ham hali qilinadigan ishlar talaygina va bu ishlarni biz mahalla ahli bilan bosqichma bosqich bajarishga kelishganmiz, - deydi sektor rahbari. Ichki ishlar bo’limi xodimlarining say-harakatlari bilan maktabdagi 8ta sinfxona va sport zali ta'mirdan chiqarildi.

      - Endi shogirdlarimiz 4-chorakni yangi ta'mirdan chiqgan, barhavo sinfxonalarda boshlashadi. Tashabbuskorlarga maktab pedagogik jamoasi va barcha talabalar nomidan cheksiz minnatdorchilik bildiramiz, -deydi maktab o’qituvchisi Munira Atayeva. Ta'mirlash ishlari jarayonini ko’zdan kechirgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bunday ezgu tashabbus va xayrli ishlarni barcha bajarishga mas'ul ekanligni ta'kidlab, tuman ichki ishlar bo’limi va sektor mutasaddilariga minnatdorlik bildirdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram