“KITOBXON O’QITUVCHI”
2021-03-26 18:28:04 156
Yoshlar bilan yangicha ishlash dasturi doirasida shuningdek, Prezidentimiz belgilab bergan beshta muhim tashabbus doirasida tumandagi barcha umumta'lim maktabi o’qituvchilari o’rtasida “Kitobxon o’qituvchi” tanlovi tashkil etildi. Tanlov iki bosqichda o’tkazilib, birinchi bosqichda test natijalariga ko’ra, yuqori ball to’plagan 11 nafar o’qituvchilar ikkinchi bosiqichga yo’llanma olishdi.
Tuman madaniyat markazida bo’lib o’tgan tanlovning ikkinchi bosqichida ishtirokchilar oldindan belgilangan Abdullo Qodiriyning “O’tkan kunlar”, “Temur tuzuklari” va O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romani asosida tuzilgan savollarga javob berishdi.
Tanlov natijalariga ko’ra, birinchi o’rin 19-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi tarbiya fani o’qituvchisi Ayubxon Dadajonovga nasib etdi. Tanlov g’olibiga birinchi darajali diplom va 1 500 000 so’m pul mablag’i taqdim etildi. Ikkini o’rin sohibasi - 11-sonli UO’T maktabi yosh o’qituvchisi Zenbunniso Abdulloyevaga ikkinchi darajali diplom va 1 000 000 so’m miqdoridagi pul mablag’i, 3-o’rinni egallagan 1-sonli maktab o’qituvchisi Yanglish Hamdamovaga uchinchi darajali diplom va 700 000 so’m miqdoridagi pul mablag’i tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan taqdim etildi.
- Tashkil etilayotgan bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar albatta, eng avvalo, har bir ishtirokchining dunyoqarashini kengayishiga va albatta faoliyatini samarali yo’lga qo’yishiga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bunday tanlovlar muntazam o’tkazilib turilsa, menimcha, katta ahamiyatga ega, - deydi tanlovning faol ishtirokchisi 1-sonli IDUM o’qituvchisi Parviz Bobosharipov.
Darvoqe, tanlovning qolgan 8 nafar ishtirokchisiga 100 000 so’m miqdoridagi pul mablag’lari taqdim etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram