Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 137 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR BILAN ISHLASHNING YANGI TIZIMINI JORIY ETISH SAMARALARI

×

 2021-03-05 14:31:34    197

PDF yuklash
Chop etish


        So’x tuman axolisining 41,2 foizini 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etadi. Hozirgi kunda yoshlarni qo’llab-quvatlash va ularni bandligini ta'minlash, turli kasb sohasiga o’qitish, yer ajratish hisobidan tadbirkorlikni rivojlantirish hamda tuman yoshlari o’rtasida ishsizlikga barham berish maqsadida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo’yicha tuman shtabida 25 nafar malakali xodimlar faoliyat olib borishmoqda.

        Mazkur shtab a'zolari tomonidan tumandagi 14 615 nafar yoshlardan 6 145 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilib, 2 843-nafari yoshlarni ishga joylashtirish orqali bandligi ta'minlash, 581 nafar yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, 860 nafar yoshlarni kasb-hunarga o’qitish, 260 nafar yoshlarni “Har bir tadbirkor yoshlarga madadkor” tamoyili asosida tadbirkorlarga biriktirish, 123 nafar yoshlarni “Ustoz-shogird” an'anasi doirasida usta-hunarmandlarga biriktirish va 1 478 nafar yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy-psixologik muammosini hal etish belgilab olingan.

         - Yuqorida ko’rsatilgan raqamlar asosida to’liq yoshlar ro’yxati shakllantirilgan bo’lib, ushbu ro’yxatlar bo’yicha joriy yilda ishlar amalga oshiriladi. Hozirgi kunda tumandagi barcha sektorlar binosida yoshlar ro’yxatini elektron bazaga kiritish hamda ushbu bazadagi ro’yxatlar hisob- kitobini olib borish buyicha tuman shatabida malakali mutaxassislar tizimli ish olib borishmoqda. Shtab to’liq zamonaviy kompyuterlar bilan ta'minlangan, - deb ma'lumot bermoqda Yoshlar ishlari agentligi matbuot xodimi Tolibjon Ibrohimov.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram