Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’XDA “XOTIRA VA G’ALABA BOG’I” BUNYOD ETILADI

×

 2021-03-04 18:53:16    102

PDF yuklash
Chop etish


     Tumanimizning Soybozor mavzesi So’xning eng chiroyli va xushmanzara hududlaridan hisoblanadi. Bu yerda – purviqor tog’lar etagida bunyod etilgan yozgi amfiteatr So’xliklarning sevimli maskaniga aylangan edi. Bugun bu yerda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi bilan hashar tashkil etildi. Tashlandiq go’shaga aylanib qolgan amfiteatr o’rnida tuman hokimi say-harakati bilan “Xotira va G’alaba” bog’i bunyod etiladi.

        - Bu so’lim go’shada dam olish maskani bunyod etishdan asosiy maqsad fuqarolarimiz uchun madaniy dam olish shart-sharoitlarini yaratib berish, tarixiy sana va bayram tadbirlarini aynan mana shu maskanda o’tkazish, So’xning mard va jasur o’g’lonlari, Vatan taraqqiyotiga hissa qo’shgan yurtdoshlarimiz xotirasini abadiylashtirishdan iborat. Bu yerda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari – Sovet Ittifoqi qahramoni Amirali Saidbekov va Leningrad shahri qahramoni Teshaboy Odilov xotiralariga bag’ishlab maxsus go’sha tashkil etish niyatimiz bor, - deydi tuman hokimi.

        Tashkil etilgan obodonlashtirish hasharida faol qatnashgan tuman obodonlashtirish bo’limi ishchi-xodimlari, afg’on urushi qatnashchilari, 12494-harbiy qism askar va zobitlari bir yoqadan bosh chiqarib, mehnat qilishdi. Hasharchilarga amfiteatrning o’zida tushlik tayyorlandi. 

        Bog’ni talab darajasida tashkil etish, yangi o’rindiqlar o’rnatish, eski favvora o’rniga yangisini qurish, fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratib berish yuzasidan tumanning qo’li gul ustalari chaqirilib, ularga tuman hokimining asosiy maqsadi tushuntirildi va hisob-kitoblar natijasiga ko’ra, ertadan bu yerda ustalar ish boshlashadi. - Ma'naviy va ma'rifiy tadbirlarimiz bo’lib o’tadigan go’shada hamma narsa milliy mentalitetimizga xos bo’lishi lozim, ustalarga kerakli narsalarni topib beramiz va albatta bu maskanni obod go’shaga aylantiramiz, - dedi hasharda faollik namunasini ko’rsatgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev.

                   So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat