Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"NURONIYLAR ChOYXONASI" BUNYoD ETILADI

×

 2021-03-02 10:22:40    70

PDF yuklash
Chop etish


"NURONIYLAR ChOYXONASI" BUNYoD ETILADI

         Bahor fasli kelishi bilan yurtimizda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari avj oladi. Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tumanda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko'zdan kechirib, bu ishga bel bog'lagan saxovatpesha insonlar bilan uchrashdi. - So'x tumani hokimi tashabbusi bilan Soybozor mavzesida "Nuroniylar choyxonasi" tashkil etish niyatimiz bor. Bu ishga bugundan boshlab mahkam bel bog'lab ishlaymiz, - deydi So'x tuman "Nuroniy" jamoatchilik Kengashi raisi Tojiboy Dodoboyev.

         Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi yoshlar ilmiy-ijodiy markazi joylashgan hududda "Nuroniylar choyxonasi" tashkil etiladi. - Biz eng avvalo, nuroniylarimiz, ota-bobolarimizga mana shunday barhavo joylarda dam olish maskani barpo etib, ularning duoi poklarini olishimiz lozim, dedi tuman hokimi o'rganish jarayonida. Ushbu maskanni bunyod etish bo'yicha tuman hokimi o'zining tavsiya va takliflarini berdi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati