Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish choralari

×

 2021-02-28 16:13:49    696

PDF yuklash
Chop etish


Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish choralari

         Voyaga yetmaganlar, ayollar va katta yoshdagilarning jazo tizimini qayta ko'rib chiqishimiz kerak. Aminmizki, bu sohada liberallashtirish jarayoni hali davom etadi. Tan olish kerak, yoshlar orasidagi jinoyatchilikning sababi, ko'pincha kattalar mas'ul bo'lgan ularning tarbiyasida yo'l qo'yilgan kamchiliklarning natijasidir.

         “Voyaga yetmaganlar ishi bilan shug'ullanuvchi komissiyalar faoliyatini takomillashtirish to'g'risida”gi qarorda voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilangan. Bu choralarni amalga oshirishda huquqni himoya qiluvchi organlar muhim o'rin tutadi. Mazkur organlar faoliyati samaradorligini ta'minlash esa, davlatimiz oldida turgan dolzarb  vazifalardandir.

         Ishlargi apellyatsiya va kassatsiya tarzida ko'rib chiqish ins¬titutlari joriy etildi, tergov-surishtiruv va kishilarni hibsda saqlash muddatlari sezilarli darajada qisqartirildi, ishlarni sudlarda ko'rib chiqishning qat'iy muddatlari belgilandi. Shu bilan birga, Prezidentimiz jinoiy va protsessual qonunchiligimizning dastlabki tergov va sudgacha bo'lgan jarayoni ustidan sud nazoratini kuchaytirish bilan bog'liq ayrim qoidalarini qayta ko'rib chiqish zarurati yuzaga kelganini ta'kidladi.

         Ta'kidlash joizki, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurash umumiy jinoyatchilikka qarshi kurashning ajralmas qismi hisoblanadi. Fikrimizcha, umuman, jinoyatchilik sabablari voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi sabablari bilan uzviy bog'liqdir.

         Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishga oid BMT qoidalarining minimal standartlari"ga qo'shilish nihoyatda muhimdir. Bu qoidalar, loyihasini ishlab chiqish 1984 yil 14-18 may kunlari Pekinda BMTning VII Kongressida hududlararo tayyorlov yig'ilishida tugallangani sababli, "Pekin qoidalari" degan nomni olgan. Mazkur rezolyutsiyada: “...zarur hollarda o'z milliy qonun hujjatlarini, siyosatini va amaliyotini, ayniqsa, voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog'liq mutaxassislarni tayyorlashda, Pekin qoidalariga moslashtirish va ushbu qoidalarni tegishli organlar hamda keng jamoatchilik e'tiboriga yetkazish” tavsiya etiladi.

         Shu o'rinda O'zbekiston Oliy sudi Plenumining 1998 yil 11 sentyabrdagi “Bolalarni tar¬biyalash bilan bog'liq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo'llash amaliyoti haqida"gi qarori xususida to'xtalish joiz.

         Mazkur qarorda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish, ota-onalarning bolalar tarbiyasi uchun javobgarligini oshirish bilan bog'liq masalalarga alohida e'tibor qaratilgan. Unda ajralishgan ota-onalar bolasining kim bilan yashashini belgilash, boshqa shaxslar tarbiyasida bo'lgan bolalarni ota-onalariga olib berish, ota-onalik huquqidan mahrum qilish va bu huquqni tiklash, ota-onalik huquqi cheklangan ota-onalar bilan bolalarning muloqoti, ota-onalik huquqini cheklashni bekor qilish, g'ayriqonuniy farzandlikka olishni bekor qilish va uni haqiqiy emas deb topish va bolalar tarbiyasi bilan bog'liq boshqa nizolar sud tomonidan ko'rib chiqilishiga doir masalalar belgilangan.

         Respublikamizda “Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish to'g'risida”qaror qabul qilingan.

         Mazkur qarorga ko'ra, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- voyaga yetmaganlarning qarovsizligi va nazoratsiz qolishiga hamda ular o'rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishiga shart-sharoit yaratib beradigan sabab va muhitlarni aniqlash hamda bartaraf qilish bo'yicha choralar ko'rish;

- Oliy va o'rta maxsus ta'lim hamda Xalq ta'limi vazirligining maxsus o'quv-tarbiya muassasalarida, Ichki ishlar vazirligining muassasalarida voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borish, o'qitish va ta'lim berish sharoitlari ustidan nazoratni tashkil qilish.

         Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo'yicha isbotlanishi lozim bo'lgan holatlarning yana biri voyaga yetmaganining ijtimoiy ruhiy holatidan kelib chiqadigan shaxsiga xos xususiyatlarni aniqlashdan iboratdir. Buni voyaga yetmaganning hayotiy tajribasizligi, biron odamga o'xshashga, tengdoshlari orasida o'zini ustun qo'yishga intilishi, o'ta ta'sirchanligi, hurmat-e'tibor qozonishni xohlashi, kayfiyatining keskin o'zgarib turishi, o'ylamasdan harakatlar qilishi, voqealarni o'z dunyoqarashiga ko'ra qabul qilishi va huquqiy jihatdan cheklangan layo¬qat maqomi bilan ta'riflash mumkin.

                   X.Xoliqov - Jinoyat ishlari bo'yicha

                                      Farg'ona tuman sudining sud’yasi