YaNGI O'ZBEKISTON OSTONASI MAKTABDAN BOShLANADI
2021-02-27 11:02:26 162
YaNGI O'ZBEKISTON OSTONASI MAKTABDAN BOShLANADI
Tumanimizning Yangiariq mahallasida joylashgan 2-sonli informatika va axborot texnologiyalariga ixtisosolashtirilgan umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev maktab pedagogik jamoasi va o'quvchilari bilan uchrashdi. Mazkur maktabda mahalla, maktab va oila hamkorligi keng yo'lga qo'yilgan.
Tuman hokimi ta'lim dargohida homiylar hisobidan bunyod etilayotgan majlislar zali hamda zamonaviy kutubxonani ko'zdan kechirdi. So'ngra maktab o'quvchilariga dars o'tdi. – Eng avvalo har bir rahbar o'z faoliyatini har kuni maktab hayotini o'rganishdan boshlashi lozim. Zero yangi O'Zbekistonning ostonasi maktabdan boshlanadi, - deydi Sayidbahrom Sayimmusayev. Aytish lozim, maktab qozonxonasi ham bugun ta'mirlanmoqda.
Mahalladagi 22-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ham homiylar kumagida bunyod etilgan. Ushbu dargohga tashrif buyurib, tuman hokimi ta'limgohda olib borilayotgan ishlar ko'lamini ko'zdan kechirdi. Tashkilot mutasaddilarining muammolarini o'rgandi. Tuman maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri G. Usmonovaning ma'lumotiga ko'ra, bu yili ushbu ta'lim tashkiloti davlat mablag'lari hisobidan kapital rekonstruktsiya dasturiga kiritilgan.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati