Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“VATANGA BAXShIDA UMR”

×

 2021-02-27 10:56:05    78

PDF yuklash
Chop etish


“VATANGA BAXShIDA UMR”

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi So'x  tumani  bo'linmasi va tuman xalq ta'limi bo'limi xamkorligida 1, 4, 10, 11, 13, 18 va  24-sonli umumta'lim maktablarida O'zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova qalamiga mansub O'zbekiston qahramoni, “Nurli obod” fermer xo'jaligi  rahbari Lolaxon Murotova faoliyatiga bag'ishlangan “Vatanga baxshida umr” nomli asarining taqdimoti va davra so'hbati bo'lib o'tdi. Taqdimot davomida o'zbek ayolining millat uchun ko'rsatgan qahramonligi, dexqonchilik va yer ilmida alohida o'zgacha maktab yaratilganligi xaqida qizg'in so'hbat bo'lib o'tdi. Shuningdek, tadbirda Lolaxon Murotovaga bag'ishlab ishlangan filьmning namoyishi ham bo'lib o'tdi.  

Suxbat davomida faol qatnashgan o'quvchi va o'qituvchilarga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi So'x  tumani bo'linmasi tomonidan kitoblar sovg'a qilindi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati