Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ODAMLAR VA HAYVONLAR O'RTASIDA QUTURISh KASALLIGI TARQALIShINI OLDINI OLISh BO'YIChA TADBIR O'TKAZILDI

×

 2021-02-18 17:44:27    274

PDF yuklash
Chop etish


ODAMLAR VA HAYVONLAR O'RTASIDA QUTURISh KASALLIGI TARQALIShINI OLDINI OLISh BO'YIChA TADBIR O'TKAZILDI

         Tumanning Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig'inida “Odamlar va hayvonlar o'rtasida quturish kasalligi tarqalishini oldini olishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida amaliy seminar va maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi. O'quv mashqi So'x tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig'ining 2021 yil 30 yanvarь kunidagi “So'x tumanida quturish kasalligini oldini olish bo'yicha “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va yo'qotish oyligi”ni tashkil etish hamda o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan tashkiliy ko'rsatmasiga asosan nazariy va amaliy tarzda tashkil etildi.

         Mazkur tadbirning nazariy qismida mutasaddi idoralar rahbarlari va mutaxassislar tomonidan tadbir ishtirokchilariga mavzu bo'ycha atroflicha ma'lumotlar berildi.

O'quv mashqining amaliy bosqichida So'x  tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan ko'p tarmoqli markaziy poliklinikada hayvonlar tomonidan jarohatlangan fuqarolarga antirabik yordam ko'rsatish, obodonlashtirish boshqarmasi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo'limi shaxsiy tarkibi tomonidan daydi va qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish, yo'q qilish tadbirlari, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi tomonidan uy hayvonlarini ro'yxatga olish, quturish kasalligiga qarshi emlash, guvohnoma berish, quturish kasalligiga gumon qilingan hayvondan laboratoriya tekshiruvi uchun namunalar olish, So'x  tumani “Qizilqiyoq” mahalla fuqarolar yig'ini aholisi o'rtasida quturish kasalligini oldini olish yuzasidan targ'ibot tadbirlari olib borildi.

         So'x tuman favqulodda vaziyatlar bo'lim boshlig'i J. Jalolovning ma'lumotiga ko'ra, tadbir davomida tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan 3 bosh daydi itlar otib o'ldirilib, 2 bosh it zaharlantirildi. Shuningdek, quturish kasalligini oldini olish maqsadida tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi tomonidan 35 bosh it, 100 bosh yirik shoxli, 90 bosh mayda shoxli hayvonlar, 5 bosh eshak emlandi. Sanitariya-epidemiologik, osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi vakillari tomonidan 150ta xonadonda aholini quturish kasalligidan asrash, botulizm va koronovirus infektsiyasini tarqalishini oldini olish bo'yicha tushuntirish va targ'ibot ishlari olib borildi.

                  So'x tumani hokimligi Axborot xizmati