So'x tumani mahallalarida tadbirkorlik muhiti yaratilmoqda
2021-02-12 18:26:17 179
So'x tumani mahallalarida tadbirkorlik muhiti yaratilmoqda
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov So'x tumaniga tashrifi doirasida yangi qurib bitkazilgan Lenbur mahalla fuqarolar yig'ini binosining ochilish tadbirida ishtirok etdi hamda mahalla ahli bilan uzoq muloqot qildi.
O'zbekiston Prezidentining So'x tumaniga hamda so'xliklarga bo'lgan alohida g'amxo'rligini va mehrini qayd etgan Xayrullo Bozorov, Davlat rahbarining topshirig'i bilan So'xdagi mahallalarda aholi bilan birma bir uchrashib, suhbatlashayotganini bildirdi. So'xda ijtimoiy-iqtisodiy sohada har qanday masala tezkor yechimsiz qolmasligini ta'kidlagan viloyat rahbari, yangi aeroport qurilishi boshlangani, tuman uchun maxsus soliq imtiyozlari joriy etilgani, minglab gektar o'zlashtirilmagan yerlarga suv chiqarilayotgani hamda bu yerlarda kooperatsiyalar tashkil etilayotgani, tuman hududida aniqlangan konlarni auktsionsiz tadbirkorlarga berish tartibi yo'lga qo'yilgani – bularning bari tumanga yangi havo olib kirishini aytdi.
Viloyat hokimi MFY binosini davlat-xususiy sheriklik asosida qurib foydalanishga topshirgan va 1 milliard 300 million so'mlik loyihani amalga oshirib, non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yayotgan tadbirkor Qosimjon Haydarovga to'n kiydirdi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati