Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

So'x tumanida ishsiz yoshlar qolmaydi

×

 2021-02-12 18:00:31    180

PDF yuklash
Chop etish


So'x tumanida ishsiz yoshlar qolmaydi

         So'x tumaniga tashrifi chog'ida mahallalarda aholi vakillari bilan uchrashib, tumanda amalga oshirilayotgan hamda rejalashtirilayotgan ulkan o'zgarishlar haqida muloqot qilgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Sohibkor mahallasida ham bo'lib, yoshlarning muammolari hamda murojaatlarini tingladi.

         Hududda qurib bitkazilgan Yoshlar mehnat guzarini ko'zdan kechirgan viloyat hokimi, bu yerda xotin-qizlar uchun tashkil etilgan tikuvchilik-to'quvchilik kursi faoliyati bilan tanishdi. O'quv kursini tamomlab, hunar egallayotgan ayollarni doimiy ish bilan ta'minlash asosiy vazifa bo'lishi kerakligini ta'kidlagan Xayrullo Bozorov, Mehnat guzari binosiga “Ismoilxon gilamlari” MChJning ishlab chiqarish liniyasini joylashtirish bo'yicha tegishli ko'rsatma berdi.

         Binoda joylashgan fitnes-klubda 100 dan ortiq mahalliy yoshlar va bolalar sport bilan shug'ullanishlari uchun imkoniyat yaratilgan. Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tishini ta'minlash ham bugungi kun siyosatida alohida kun tartibida turgani qayd etildi.

         Yoshlar mehnat guzari yonida yig'ilgan mahalliy ishsiz yoshlar bilan suhbatlashgan viloyat hokimi, Davlatimiz rahbarining So'xni rivojlantirish borasidagi g'amxo'rliklari borasida so'z yuritdi. Tadbirkorlar uchun soliq stavkalarining 1 foiz etib belgilangani va buning natijasida viloyat va respublikaning turli joylaridan ko'plab tadbirkorlar tuman iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga boshlayotganliklari ta'kidlandi.

         Xayrullo Bozorov tuman hududida 3000 gektarga yaqin yer maydoni o'zlashtirilib, ishsiz yoshlarga 50 sotixdan bo'lib berilishi, ularni urug' va ko'chatlar bilan ta'minlash, yetishtirilgan mahsulotlarni yuqori narxda sotishlari uchun kooperatsiyalar tashkil etilishini bildirdi.

 Aholi va tadbirkorlar viloyat rahbariga o'z masala va muammolari bo'yicha murojaat etdilar. Yoshlar mehnat guzarini barpo etgan tadbirkor, majmuani to'la ishga tushirib, yangi ish o'rinlari yaratishi uchun mablag'ga ehtiyoji borligini, biroq buni kredit mablag'i emas, ssuda sifatida berilishini so'radi. Viloyat hokimi, tadbirkorga 500 million so'm miqdorida ssuda berilishini ma'lum qildi.

                  So'x tumani hokimligi Axborot xizmati