So'xda barpo etilayotgan yangi nasos stantsiyasi 1400 gektar suvsiz maydonga hayot bag'ishlaydi, hududda yoshlar bandligi ta'minlanadi
2021-02-12 17:38:46 112
So'xda barpo etilayotgan yangi nasos stantsiyasi 1400 gektar suvsiz maydonga hayot bag'ishlaydi, hududda yoshlar bandligi ta'minlanadi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov So'x tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarning hayotga tadbiq etilishi jarayonlarini o'rganish chog'ida yangi barpo etilayotgan “Qayroq-1” va “Qayroq-2” nasos stantsiyalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
“Qayroq” massividagi suvsiz yerlarni o'zlashtirish uchun qurilayotgan nasos stantsiyasi loyihasining umumiy qiymati 92 milliard so'm bo'lib, 211 metr balandlikda joylashgan 1400 gektardan ziyod maydonni suv bilan ta'minlab, o'zlashtirilishiga imkoniyat yaratadi. Yangi o'zlashtiriladigan yerlar kooperatsiya tashkil etish yo'li 50 sotixdan hududda yashovchi ishsiz yosh oilalarga bo'lib beriladi.
“So'xgidroqurilish” MChJ tomonidan qurilish ishlari olib borilayotgan stantsiyaga 3 dona Germaniyada ishlab chiqarilgan nasos hamda 1800 kvt. hajmdagi elektrodvigatelь o'rnatilib, So'x daryosidan suv olish to'g'oni barpo etilmoqda.
Yangi yerlarning o'zlashtirilishi So'x tumanida ishsizlik masalasini hal etishdagi ahamiyatiga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, ob'ektni 6 oy ichida foydalanishga topshirish bo'yicha qat'iy ko'rsatmalar berdi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati