So'xda barpo etilayotgan yangi savdo kompleksi xizmat ko'rsatish sohasida 500 ortiq yangi ish o'rni taqdim etadi
2021-02-12 17:26:50 165
So'xda barpo etilayotgan yangi savdo kompleksi xizmat ko'rsatish sohasida 500 ortiq yangi ish o'rni taqdim etadi
So'x tumanida barpo etilayotgan yangi savdo markazini borib ko'rgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, majmua hududini asfalьtlash hamda elektr tarmog'i tortib keltirish bilan bog'liq ishlarni mahalliy byudjet hisobidan hal etib berilishini ma'lum qildi.
Navro'z bayrami arafasida ishga tushirish rejalashtirilayotgan ushbu savdo kompleksida 250 dan ziyod do'kon joylashgan bo'lib, har birida ikkitadan jami 500 dan oshiq ish o'rni yaratilishi ko'zda tutilgan. Shuningdek, transport, ovqatlanish kabi xizmatlarning yo'lga qo'yilishi natijasida yana qo'shimcha ish o'rinlari shakllanadi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati