Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XAYRULLO BOZOROV: SO'X TADBIRKORLAR YuRTIGA AYLANIShI KERAK! BOShQA YO'LIMIZ YO'Q!

×

 2021-02-12 17:03:19    61

PDF yuklash
Chop etish


XAYRULLO BOZOROV: SO'X TADBIRKORLAR YuRTIGA AYLANIShI KERAK! BOShQA YO'LIMIZ YO'Q!

         Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, So'x tumanidagi o'rganishlar jarayonida tumandagi Hazrati Ali MFY hududida tashkil etilayotgan yoshlar kichik sanoat zonasini borib ko'rdi hamda mahalliy tadbirkorlar bilan muloqot qildi.

         3 gektar maydonda tashkil etilayotgan yoshlar kichik sanoat zonasida 40 dan ortiq loyiha amalga oshirilishga boshlandi. Umumiy qiymati 11 milliard 250 million so'mdan oshiq bo'lgan bu loyihalarning hayotga tadbiq etilishi natijasida 250 dan ziyod ish o'rni paydo bo'ladi. Loyihalar orasidan qurilish, oziq-ovqat, tekstilь mahsulotlari ishlab chiqarish kabi korxonalar o'rin olgan.

         Loyihalar tashabbuskorlari bilan muloqot qilgan viloyat hokimi, sanoat zonasining infratuzilmasini yaratish bilan bog'liq masalalar to'laligicha hal etib berilishini bildirib, bu yerda o'z ishlab chiqarish biznesini yo'lga qo'ymoqchi bo'lgan yoshlarga, loyiha hajmidan qat'iy nazar har tomonlama yordam berilishini, kredit mablag'lari ajratilishini ma'lum qildi.

         3 ta mahalla o'rtasida joylashgan ushbu yoshlar kichik sanoat zonasi yaqinida ko'p qavatli turar-joylar, sport maydonchalari qurilishi, buning natijasida hududda yangi sanoat shaharchasi paydo bo'lishi qayd etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati