Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O'zbekistonda So'x tumani davri boshlanmoqda

×

 2021-02-12 16:52:30    61

PDF yuklash
Chop etish


O'zbekistonda So'x tumani davri boshlanmoqda

         Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, 11 fevralь kuni viloyat sektor rahbarlari hamda boshqarma va tashkilotlari mutasaddilari bilan birga So'x tumanida bo'lib, tuman hududida amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi hamda joylarda aholi bilan uchrashdi.

         Viloyat hokimi tashrifining dastlabki manzili tumandagi Alisher Navoiy nomidagi yoshlar ilmiy-ijodiy markazi bo'ldi.

         Tumandagi san'at va ijodga qiziquvchi yoshlar uchun olti yo'nalishda mashg'ulotlar olib borishga mo'ljallangan ushbu markaz, tuman xalq ta'limi bo'limi ixtiyoridagi bo'sh binoni ta'mirlab jihozlanishi natijasida barpo etildi.

         Markazda ijodiy mashg'ulotlar bilan birga, tuman maktablaridan fan olimpiadalariga qatnashuvchi o'quvchilar uchun qo'shimcha kuchaytirilgan darslar tashkil etilgan.

         Markaz qoshida atoqli yozuvchilar hamda tumandan yetishib chiqqan taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi ham yo'lga qo'yilgan.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati