Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVOIYGA EHTIROM

×

 2021-02-09 17:44:58    45

PDF yuklash
Chop etish


NAVOIYGA EHTIROM

         Bugun tuman madaniyat bo'limining majlislar zalida o'zbek she'riyatining buyuk siymosi, g'azal mulkining sultoni – Mir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligiga bag'ishlab tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha tadbir ishtirokchilarini ushbu sana bilan tabriklab, Prezidentimizning “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to'g'risida” gi 4868-sonli qaroriga alohida to'xtaldi. Aytish lozim, tumanimizda davlatimiz rahbarining ushbu qarori ijrosi yuzasidan barcha ta'lim muassasalari o'quvchilari o'rtasida “Navoiyga ehtirom”-insholar tanlovi, “Navoiy g'azallari bilimdoni” tanlovlari va ijtimoiy tarmoqlarda g'azalxonlik chelenjlari tashkil etildi.

         So'x tumani prokurori, ikkinchi sektor rahbari Farhodjon Abduvaliyev tashabbusi bilan ushbu qutlug' sanaga bag'ishlab tumanimizning Soybozor mavzesida barpo etilayotgan “Ijod uyi” ham Navoiydek buyuk siymoga bo'lgan cheksiz hurmat va ehtirom ramzi sifatida xalqimiz tomonidan qabul qilindi. Farhodjon Abduvaliyevga tadbirda ishtirok etgan Turon Fanlar akademiyasi Prezidenti H. N. Bobobekov tomonidan akademiyaning “Faxriy akademigi” unvoni va ko'krak nishoni topshirildi.

         Tadbir davomida tumanning sakkizinchi va to'qqizinchi sonli umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari ijrosida Alisher Navoiy qalamiga mansub she'rlar va g'azallar qiroat etildi. Namoyish etilgan sahna ko'rinishlarida o'zbek va tojik xalqlarining asrlarga teng do'stligi Mavlono Abdurahmoni Jomiy va Mir Alisher Navoiy siymolari orqali tarannum etildi.

         Tadbir davomida 9 nafar fan olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli o'rinlarni olishga muvaffaq bo'lgan o'quvchilarga tuman hokimligining esdalik sovg'alari topshirildi. Bu o'quvchilarga tuman hokimi nomidan 500 000 so'mlik pul mablag'lari ham topshirildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati