Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarorining mazmun-mohiyati

×

 2021-01-29 16:55:55    191

PDF yuklash
Chop etish


“Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi

Prezident qarorining mazmun-mohiyati

        I. Qarorning maqsadi

         Olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma'lumotli mutaxassislar mehnatini yanada rag'batlantirish, bo'sh ish o'rinlarini to'ldirish hamda joylarda malakali kadrlarning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish

         II. Qarorning mazmun-mohiyati

         2021 yil 1 yanvardan olis va chekka hududlarda quyidagi imtiyozlar beriladi:

         byudjet tashkilotlariga ishga qabul qilingan oliy ma'lumotli mutaxassislarga BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so'm) miqdorida bir martalik boshlang'ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun BHMning 2 baravari (446 ming so'm) miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to'lanadi;

         oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilingan shifokorlarga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 mln so'm miqdorida bir martalik boshlang'ich yordam puli, uy-joyi bo'lmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari beriladi yoki BHMning 2 baravari (446 ming so'm) miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to'lanadi.

         Boshlang'ich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi soliq to'lovchining jami daromadiga kiritilmaydi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining soliq solish ob'ekti hisoblanmaydi.

         Mazkur imtiyozlardan OTMning bakalavriati yoki magistraturasini (ta'lim shaklidan qat'i nazar – kunduzgi, sirtqi, kechki, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik) tamomlaganidan keyin uch yil mobaynida olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlari, shu jumladan tibbiyot muassasalariga ishga kirgan bitiruvchilar foydalanish huquqiga ega.

         Bunda uy-joy uchun har oylik pul kompensatsiyasi mutaxassis ishga qabul qilingan oydan boshlab 36 oygacha to'lanadi.

         Oliy ma'lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi tegishliligi bo'yicha olis va chekka hududda joylashgan bir byudjet tashkilotidan va (yoki) tibbiyot muassasasidan boshqasiga o'tkazilganida, har oylik pul kompensatsiyasini to'lash belgilangan muddat tugagunga qadar davom ettiriladi.

         Qarorga ko'ra, 2021 yil 1 martdan ta'lim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o'qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinadi.

Bunda:

•        bir viloyat doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

•        boshqa viloyatdan kelib faoliyat yuritayotgan o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to'lanadi.

         Ta'lim sifati past maktablar ro'yxati Xalq ta'limi vazirligi hamda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan aniqlanadi va joriy yilda 15 fevralgacha, kelgusi yillarda esa har yili 1 sentyabrga qadar Xalq ta'limi vazirligi veb-saytida e'lon qilinadi.

         Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o'qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta'lim sifati past maktablar ro'yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to'lanadi.

         Olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlari va tibbiyot muassasalarida bo'sh ish o'rinlari yuzasidan ma'lumotlar har oy yakuni bo'yicha keyingi oyning 5-kuniga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari veb-saytlarida joylashtirib boriladi.