ASOSIY MASALA – XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TAЪMINLASh
2021-01-28 18:28:23 172
ASOSIY MASALA – XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA'MINLASh
2020 yil 8 avgust kuni Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 4798-sonli qarori hamda ushbu tarixiy qarorning chora-tadbirlar Dasturining 3-bandida “Sebzor” MFY hududida “Mikrokreditbank” ATB xususiy sherikchiligi asosida adras, atlas va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “To'quv tikuvchilik” kooperatsiya markazini tashkil etish hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan kooperatsiya asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarini sotishni tashkil etish va bu orqali kam ta'minlangan oilalar vakillari bo'lgan 120 nafar xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, hamda 12-bandida qo'lda to'qiladigan gilamchilik korxonasi faoliyatini tashkil etish ko'rsatilgan.
Xabaringiz bor, 2020 yilning sentyabrь oyida “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari Ibrohimjon Sultonov tumanimizga tashrif buyurib, So'xlik xotin-qizlar bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda 60 nafar Suxlik xotin-qizlarni Marg'ilon shahridagi “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasiga 1 oylik o'quv kurslariga safarbar etish bo'yicha kelishilgan edi.
Ayni shu masala bo'yicha bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Marg'ilonda bo'lib, tumanimiz xotin-qizlarini o'quv kurslariga jalb etish bo'yicha korxona rahbari Ibrohimjon Sultonov bilan muzokaralar olib bordi. Yaqin kunlarda o'zaro kelishuvga binoan So'xdan bir guruh xotin-qizlarimiz Marg'ilonga safarbar etiladi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati