Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAXTSIZ VOQEALARNI BARTARAF ETIShDAN KO'RA OLDINI OLISh AFZAL

×

 2021-01-21 10:50:38    170

PDF yuklash
Chop etish


BAXTSIZ VOQEALARNI BARTARAF ETIShDAN KO'RA OLDINI OLISh AFZAL

         Bugun tuman markazida So'x tumani Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tuman komissiyasining 2021 yil 11 yanvardagi 03/1-B –sonli yig'ilish bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida “Aholi o'rtasida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong'inlar bilan bog'liq baxtsiz hodisalarning oldini olish ishlarini amalga oshirilishida hamkorlik qilish” mavzusida seminar va maxsus amaliy taktik mashqlari o'tkazildi. Tadbir avvalida tuman hokimi o'rinbosari Sodiqjon Mirzoyev yig'ilganlarga maxsus taktik mashqlarning mazmun-mohiyati va uning ahamiyati haqida to'xtalib o'tdi.

         Ta'kidlandiki, keyingi vaqtlarda yurtimizda va bevosita tumanimiz hududida aholini is gazidan zaharlanishi bilan bog'liq salbiy holatlarni yuz berayotganligi, bu borada profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirishni taqozo etmoqda.

         Tadbir davomida So'x tumani favqulodda vaziyatlar bo'limi, ichki ishlar bo'limi, tibbiyot birlashmasi, mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi, uy-joy kommunal xizamt ko'rsatish bo'limi, “Hududgaz” Farg'ona viloyati boshqarmasi So'x tumani bo'limi mutasaddilari tomonidan is gazidan zaharlanish holatlrini oldini olish, baxtsiz voqea yuz berganda ko'rsatiladigan birinchi yordam xususida ma'lumot berildi. Tadbir ishtirokchilariga is gazidan zaharlanishdagi holatlarni oldini olish, ko'rsatiladigan birinchi tibbiy yordam amaliy mashqlar orqali namoyish etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati