Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEPUTAT HISOBOT BERDI

×

 2021-01-21 10:30:11    146

PDF yuklash
Chop etish


DEPUTAT HISOBOT BERDI

         O'tgan 2020 yili koronavirus pandemiyasi davrida Qal'a mahalla fuqarolar yig'inida aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalarga moddiy va ma'naviy ko'mak ko'rsatish bo'yicha amalga oshirilgan ishlarda ayniqsa, hududdagi saxovatpesha tadbirkorlarning hissasi beqiyos. Nazirjon Tohirov mana shunday insonlar sirasiga kiradi. Buning barobarida Nazirjon Tohirov Qal'a mahallasidan Xalq deputatlari So'x tumani Kengashi deputatligiga saylangan. Tuman hokimi o'rinbosari Bobosodiq Latipov, So'x tumani prokurori, ikkinchi sektor rahbari Farhodjon Abduvaliyev, mahalla aholisi va boshqa jamoatchilik vakillari ishtirokida mahallaning 3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida yig'ilish bo'lib o'tdi. Deputat Nazirjon Tohirov faoliyati davomida olib borgan ishlari yuzasidan saylovchilarga hisobot berdi.

         Hisobot jarayonida Bobosodiq Latipov, Farhodjon Abduvaliyevlar so'zga chiqib, deputat hukumat va saylovchilar o'rtasidagi kuprik ekanligi, xalq manfatini himoyalash va xalqqa xizmat ko'rsatishda har jabhada namuna bo'lishini ta'kidlab o'tishdi. Aytish lozimki, Nazirjon Tohirov So'x tumani eksport salohistini ko'tarishga ham o'zining salmoqli hissasini qo'shib kelmoqda. Shuningdek, yig'ilish davomida mahallada faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektori Jahongir Inomjonov mahallada jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi.

         Tadbir davomida saylovchilar ham deputatga o'z taklif va mulohazalarini bildirishdi. Deputat tashabbusi bilan halq yakdilligi orqali mahallada keng ko'lamli obodonlashtirish ishlarini olib borish, ta'lim tizimidagi islohotdarda faollik ko'rsatish, fuqarolarni qiynayotgan muammo-kamchiliklarni bartaraf etilishida kamarbasta bo'lishdek vazifalar muntazam bajaralishi qayd etib o'tildi. Yig'ilish davomida 2021 yilda mahallada keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari, ko'chalarni asfalьtlashtirish, elektr-energiyasi bilan bog'liq muammolar, suv ta'minotidagi kamchiliklarni bartraf etishdek ishlar deputat ish rejasiga kiritilganligi ma'lum bo'ldi. Mahallada deputat ko'magi asosida tarixiy muzey tashkil etiladigan bo'ldi.

                  So'x tumani hokimligi Axborot xizmati