Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALARIMIZDA NIMA GAPLAR?

×

 2021-01-19 17:47:06    61

PDF yuklash
Chop etish


MAHALLALARIMIZDA NIMA GAPLAR?

         Ayni kunlarda tumanimizda mahalla fuqarolar yig'inlari raislarining hisobot-yig'ilishlari bo'lib o'tmoqda va bunday tadbirlarda mahalla raisi faoliyatiga xalq xolisona baho berayapti. Darhaqiqat, mahalla raisi xalq bilan hamnafas bo'lib, mahalla rivoji va ravnaqi yo'lida intilishi lozim.        

         Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'inida mahalla raisining hisobot-yig'ilishi bo'lib o'tgan va bu gal mahalla ahliga mahalla raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo'yicha o'rinbosari hisobot berdi. Yig'ilishda tuman mahalla va oilanii qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Madinaxon Safarova va mahalla faollari ishtirok etishdi. – Mahallada xotin-qizlarimiz rolini kuchaytirib, nuroniy onaxon va ko'pni ko'rgan momolarimiz maslahati bilan ish tutsak, ishimizda unum va faoliyatimizda baraka bo'ladi,- dedi mahalla raisi Subhonali Nishonov.

         Yig'ilishda 2020 yil 29 dekabr kungi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati tushintirildi. Yig'ilish kun tartibidagi masalalar – to'y- marosimlarni ixchamlashtirish, karantin qoidalariga rioya qilish hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish yuzasidan mahalla raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar buycha o'rinbosari A.Ma'rufjonovaning hisoboti eshitildi. So'zga chiqib, o'z fikrlarin bayon etgan xotin-qizlar tomonidan mahalla raisi o'rinbosari faoliyatiga qoniqarli baho berildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati