Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUDLAR FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh VA ODIL SUDLOV SAMARADORLIGINI OShIRISh - XALQChILLIK NAMUNASI

×

 2021-01-19 15:44:39    249

PDF yuklash
Chop etish


SUDLAR FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh VA ODIL SUDLOV SAMARADORLIGINI OShIRISh - XALQChILLIK NAMUNASI

         So'nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta'minlash hamda sud’yalar hamjamiyati rolini oshirish bo'yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

         Amalga oshirilgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.

         Mamlakatimizda sud-huquq sohasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda ko'rish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini amalda ta'minlash mexanizmlarini kengaytirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021 yil 1 yanvardan boshlab viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo'yicha, jinoyat ishlari bo'yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sud’yalarning qat'iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari bo'yicha alohida sudlov hay'atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiktsiya sudlarini tashkil etish; ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolatini ma'muriy sudlardan jinoyat ishlari bo'yicha sudlarga o'tkazish; ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko'rishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma'muriy sudlarini tashkil etish, shu munosabat bilan tuman (shahar) ma'muriy sudlarini tugatish va bunda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlarining saqlab qolinishi nazarda tutilib, bunda:

         tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining qarorlarini viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning birinchi instantsiya sudi sifatida chiqargan qarorlarini esa O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay'atlari tomonidan apellyatsiya tartibida qayta ko'rib chiqish;

         apellyatsiya tartibida ko'rib chiqilgan sud qarorlarini O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay'atlari tomonidan kassatsiya tartibida qayta ko'rib chiqish;

         O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay'atlari tomonidan kassatsiya tartibida ko'rib chiqilgan ishlar bo'yicha chiqarilgan sud qarorlarini O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular o'rinbosarlari protestiga ko'ra kassatsiya tartibida takroran ko'rib chiqish;

         davlat ayblovchisi ayblovdan voz kechgan taqdirda reabilitatsiya asoslariga ko'ra jinoyat ishini tugatish;

         prokuror tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori bo'yicha ishlarni, ushbu ishlar yuzasidan taraflar murojaati mavjud bo'lgan holdagina, suddan chaqirib olib o'rganish;

         qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari sudlarda boshqa shaxslarning tashabbusi bilan qo'zg'atilgan fuqarolik va iqtisodiy ishlarning ko'rilishida prokuror o'z tashabbusi bilan ishtirok etishini istisno etish tartibi o'rnatildi.

         Shuningdek sud ishlarini nazorat tartibida ko'rish institutini tugatish, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular o'rinbosarlarining sudning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari hamda qarorlari ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqini bekor qilish; jinoyat ishlarini sudda ko'rish uchun tayinlash bosqichida ish yuzasidan qarorlarni tortishuv tamoyiliga rioya etgan holda taraflar ishtirokida qabul qilish tartibini belgilash, jinoyat ishining umumiy tartibda ko'rib chiqilishiga to'sqinlik qiluvchi omillarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi dastlabki eshituv bosqichini kiritish belgilandi.

         Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tuzilmasida investitsiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni ko'rish bo'yicha sudlov tarkibini  tuzish va bu sudlov tarkibiga investitsiya kiritilgan sanada yigirma million AQSh dollari ekvivalentidan kam bo'lmagan miqdorda investitsiyani amalga oshirgan jismoniy yoki yuridik shaxslar va davlat organlari o'rtasida yuzaga keladigan investitsiyaviy nizolar hamda raqobatga oid ishlarni ko'rish vakolati berilishi va investitsiyaviy nizolar bo'yicha yirik investorlarning, raqobatga oid ishlar bo'yicha taraflarning xohishiga ko'ra, ushbu toifadagi ishlar bevosita Sudlov tarkibi tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida ko'rilishi, qolgan investitsiyaviy nizolar investorlarning xohishiga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida ko'rilishi mumkinligi nazarda tutildi.

         O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida ham mamlakatimizda sud-huquq amalga oshirilayotgan islohotlarga urg'u berilib, murojaatnomada sud tizimidagi raqamlashtirishni yanada kengaytirish, fuqarolarimizga sud binosiga kelib yurmasdan, onlayn tartibda murojaat qilish imkoniyatini yaratish lozimligi belgilab berildi. Bu albatta, sudlarda ishlarni tezkorlik bilan hal etish, ortiqcha sarsongarchiliklarning oldini olishiga xizmat qiladi.

 

                  X.Xoliqov - Jinoyat ishlari bo'yicha

                                      Farg'ona tuman sudining sud’yasi