Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ MANFAATI YO'LIDA

×

 2021-01-18 18:21:53    55

PDF yuklash
Chop etish


XALQ MANFAATI YO'LIDA

         Prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida tuman miqyosida keng qamrovli obodonlashtirish va qurilish ishlari amalga oshirildi. Ushbu qaror va qaror asosida qabul qilingan Dastur doirasida 2021 yilda ham bunday ishlar o'zining mantiqiy davomini topadi. Belgilangan chora-tadbirlar Dasturi  asosida So'x tumani “Chashma” mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi “Obishirsoy” ustida joylashgan “Tariq” ko'prigini yangidan qurish uchun tuman hokimining qarori chiqarilib, loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangan va bugungi kunda “Quqon yul ta'mirlash” MChJ tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari 90 % bajarildi. Kuprik qurilishiga davlatimiz tomonidan salkam 2 milliard so'm mablag' yo'naltirilgan. So'x tumani hokimi o'rinbosari Sodiqjon Mirzoyevning ma'lumotiga ko'ra, ushbu ko'prik yanvarь oyining oxirida foydlanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Ko'prik qurilishi Tariq mahallasida yashovchi aholi uchun chinakamiga munosib sovg'a bo'ldi desak, xato qilmagan bo'lamiz.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati