O'QUV-SEMINAR MAVZUSI – PREZIDENT MUROJAATNOMASI
2021-01-18 18:02:09 168
O'QUV-SEMINAR MAVZUSI – PREZIDENT MUROJAATNOMASI
Mo'htaram Prezidentimizning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida So'x tumani hokimligi majlislar zalida barcha tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig'inlari raislari, ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan o'quv-seminar bo'lib o'tdi. Seminarda tuman hokimi o'rinbosari Bobosodiq Latipov taqdimot asosida ma'ro'za qilib, barcha sohalardagi bajarilishi kerak bo'lgan vazifalarni tahlil qilib berdi. Bu bo'yicha “Yo'l xarita”si ishlab chiqarilib, ijroga yo'naltirildi.
- “Yo'l xaritasi” da belgilangan vazifalarni bajarilishida sustkashlikka, loqaydlikka yo'l qo'ymasligimiz kerak. Prezidentimiz tomonidan belgilangan barcha yo'nalishlar so'zsiz bajarilishi shart. Davlat rahbari tomonidan berilayotgan e'tibordan har qancha faxrlansak arziydi va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish barchamizning burchimiz ekanligini unutmasligimiz lozim, - dedi tuman hokimi o'rinbosari seminar davomida.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati