Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VATAN HIMOYaSI - MUQADDAS BURCh

×

 2021-01-14 20:07:57    60

PDF yuklash
Chop etish


VATAN HIMOYaSI - MUQADDAS BURCh

         Vatan himoyachilari. Ushbu so'zlarni tilga olgan zamon ko'z oldimizda mard va jasur, salobatli askarlar gavdalanadi. Vatan sha'ni, qadr-qimati, himoyasi mana shu o'g'lonlar zimmasida. Aytish lozimki, xalqimiz asrlar osha boshidan ne-ne kulfatlar, jangu jadallarni o'tkazgan. Ikkinchi jahon urushi xalqimizning boshiga ko'p sinovlarni solgan. Buyuk G'alabni ta'minlashda millionlab o'zbekistonliklar ham jonini fido qilgan. Bugungi avlod mana shunday qahramon ajdodlar shijoatini aslo unutmaydi va ularga munosib voris bo'lishga intilishi lozim.

         Sarikanda mahalla fuqarolar yig'inida Xotira majmuasi bunyod etilgan bo'lib, majmua poyida mangu olov yonib turadi. 14 yanvarь Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab majmua poyiga gulchanbar qo'yildi. Ikkinchi jahon urushida jonini qurbon etgan, shahid ketgan yurt o'g'lonlari xotirasiga ehtirom ko'rsatildi.

         Gulchanbar qo'yish marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari, tuman mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi vakillari, tumanimizda joylashgan harbiy qismlar askar-zobitlari ishtirok etishdi. 14 yanvarь sanasiga bag'ishlab tumanimiz hududi – barcha mahalla fuqarolar yig'inlarida bayram tadbirlari o'tkazildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati