HARBIY QISMLARDA BAYRAM TADBIRLARI
2021-01-14 19:52:24 261
HARBIY QISMLARDA BAYRAM TADBIRLARI
14 yanvarь – O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab So'x tumanida joylashgan harbiy qismlarda ham bayram tadbirlari bo'lib o'tdi. 12494 va 9208 harbiy qismlarda tashkil etilgan bayram tadbirlarida tumaan hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman hokimi o'rinbosarlari, tuman sektor rahbarlari va boshqa jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
12494 harbiy qismida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi so'z olib, barcha harbiy xizmatchilarni bayram bilan tabrikladi. – Ushbu harbiy qism askar va zobitlari zimmasiga katta mas'uliyat yuklatilganligiga qaramasdan harbiy qism nufuzini ko'tarishda harbiy xizmatni kasb deb bilgan ofitserlar, serjantlar va askarlarimiz bugungi kunga kelib o'zining harbiy intizomi, jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgalikdan yaxshi va a'lo ko'rsatgichlari bilan harbiy qismni yuksak cho'qqilarga erishish uchun o'z xizmatlarini ayamay kelmoqdalar, - deya ta'kidladi tuman hokimi o'z so'zida.
Tadbir davomida xizmat davomida o'rnak ko'rsatgan bir guruh askar va zobitalr, serjant va ofitserlarga esdalik sovg'alar topshirildi. Harbiy qismga tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho sovg'a – yangi rusumdagi televizor taqdim etildi. Tuman madaniyat bo'limi san'atkorlarining qo'shiqlari tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.
Vatanimiz sarhadlarini qo'riqlash va xalqimiz tinchligini ta'minlashda chegara qo'shinlarining 9208 harbiy qism askar va zobitlarinng hissalarini alohida ta'kidlash lozim. Ushbu harbiy qismda bo'lib o'tgan tadbirda harbiy xizmatchilarning sharafli va mas'uliyatli xizmatlari yana bir karra ulug'landi. Bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar taqdim etildi. Tuman hokimligi, tuman mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi, tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan ham harbiy qism xizmatchilariga esdalik sovg'alar topshirildi.
Shuni aytish o'rinliki, har yili 14 yanvar’ Vatan himoyachilari kuni tumanda oilaviy baxt, mamlakat iqboli sifatida nishonlanadi. Bu yilgi bayramga Suxliklarning katta tayyorgarlik ko'rganliklari o'tkazilayotgan ana shunday ma'naviy-marifiy tadbirlar va uchrashuvlarda yaqqol namoyon bo'lib turibdi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati