Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUROJAAT NEGIZIDA MUAMMO MUJASSAM. UNI BARTARAF ETISh BIRINChI VAZIFA

×

 2021-01-04 16:18:21    164

PDF yuklash
Chop etish


MUROJAAT NEGIZIDA MUAMMO MUJASSAM. UNI BARTARAF ETISh BIRINChI VAZIFA

         Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi. Qayd etish joyizki, o'tgan 2020 yilda Prezidentimizning e'tibori tufayli So'x tumani ta'lim tizimida ko'p o'zgarish va yangilanishlar amalga oshirildi. Bu e'tibor albatta, ta'lim sifatini ko'tarilishiga asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Biroq, sohada o'z yechimini kutayotgan muammolar ham borki, bunday muammo va kamchiliklar mutasaddi rahbarlar tashabbusi va ko'magida bartaraf etilmoqda.

         Yangi yil ostonasida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev 1-sektor hududida joylashgan Qal'acha mahallasidagi 20-sonli UO'T maktabiga tashrif buyurib, maktab ma'uriyati va talaba yoshlar bilan uchrashgan edi. Tashrif chog'ida bo'lib o'tgan samimiy so'hbatda maktab o'quvchilari tuman hokimiga murojaat etib, ta'lim dargohidagi muammolarni bartaraf etilishida yordam ko'rsatishni so'rashgandi. Maktab kutubxonasiga yangi badiiy adabiyotlar lozimligi, sport, ayniqsa, voleybol va futbol bilan shug'ullanish uchun to'p yo'qligi va maktabning istitish tizimini yaxshilash uchun zaruriy ashyolar kerakligi o'quvchilar murojaatida qayd etilgan edi.

          - Kecha bevosita ushbu murojaatlarni amaliy ijrosini ta'minlash yuzasidan biz 20-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga bordik va maktab o'quvchilariga tuman hokimi sovg'alari – 40 dona yangi badiiy adabiyotlar, ikki dona voleybol va futbol to'plarini taqdim etdik. Maktab isitish tizimiga kerak bo'lgan quvurlarni yaqin kunlarda yetkazib beramiz, - deydi tuman XTB mudiri Amirjon Temirov. Sovg'alarni mamnuniyat qabul qilgan maktab o'quvchilari bunday e'tibor uchun tuman hokimiga minnatdorlik bildirdilar.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati