Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“KIM VATANGA SODIQ BO'LSA, MENDIRMAN O'ShA”

×

 2020-12-23 15:55:16    306

PDF yuklash
Chop etish


“KIM VATANGA SODIQ BO'LSA, MENDIRMAN O'ShA”

         Bugun tumanimizning 3-sektori hududida joylashgan 13, 14 va 28-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Kim Vatanga sodiq bo'lsa, mendirman o'sha” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tuman mudofaa ishlari bo'limi hamda 12494-sonli harbiy qism hamkorligida tashkil etilgan tadbirda harbiy qism askar-zobitlarining chiqishlari va qurol-aslaha ko'rgazmasi namoyish etildi. Tadbir davomida talabalarga O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari iqtidori haqida gapirilib, qurol-aslahalar haqida ma'lumotlar berildi. Ayniqsa, yoshlarga harbiylarning chiqishlari manzur bo'ldi.

         Tumanimiz bo'ylab davom etayotgan "Yoshlar festivali", “Vatanparvarlik oyligi” doirasidagi uchrashuvlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy xizmatga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan turli targ'ibot tadbirlari barcha tuman  tashkilotlari hamkorligida amalga oshirilmoqda.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati