EHTIYoTSIZLIK HAYoT UChUN XAVFLI
2020-12-23 15:47:14 138
EHTIYoTSIZLIK HAYoT UChUN XAVFLI
04.10.2020 yil kuni fuqaro Parpiyev Azizbek Axtamjon o'g'li o'zini boshqaruvida bo'lgan “Spark” rusumli, 40 F 590 UA davlat belgili avtomashinasini Farg'ona tumani Mindonobod qishlog'i xududidan o'tgan 4R 144 “Farg'ona-Xamzaobod” yo'lining 7 kmda boshqarib borayotib o'zini beparvoligi va ehtiyotsizligi oqibatida o'zi bilan bir yo'nalishda yo'lni o'ng chetida ketayotgan piyodachilar fuqaro Dadajonov Jaxongir Xasanovich va voyaga yetmagan Dadajonova Marjona Jaxongir qizini avtomashinasini old o'ng qismi bilan urib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur xolat yuzasidan Farg'ona tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O'zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan va A.Parpiyev jabrlanuvchilar J.Dadajonov va voyaga yetmagan M.Dadajonovaga yetkazilgan zararni to'liq qoplaganligi sababli odil sudlov tomonidan mazkur jinoyat ishi O'zbekiston Respublikasi JPKning 584-moddasi tartibida tomonlarni yarashuviga asosan tugatilgan.
Imomov Dilshodbek To'ychiboyevich - Farg'ona tumani IIB
huzuridagi TB katta tergovchisi, mayor