DEPUTAT E’TIROZIGA JAVOB
2020-12-21 15:12:47 180
DEPUTAT E’TIROZIGA JAVOB
Xabaringiz bor, Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasida ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, muvaffaqiyatlar sarhisobi va kamchiliklarni bartaraf etish muhokama etildi.
Bo'lib o'tgan sessiyada So'x tumani xalq ta'limi bo'limi mudiri, tuman hokimi maslahatchisi A. Temirovning hisobotidan so'ng Hazrati Ali saylov okrugidan saylangan deputat S. Nishonov so'zga ҷiqib, hududdagi 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining isitish tizimida muammo borligini ta'kidlab, -“Ayni kunda ushbu muammoni bartaraf etish barcha rahbarlarning asosiy vazifasi, oldin sharoit yaratib, keyin talab etish lozim” deya aytib o'tgan.
Deputat tomonidan bildirilgan haqli talab va e'tiroz tuman xalq ta'limi bo'limi tomonidan nazoratga olindi. Ayni damda tumanning 5-sonli UO'T maktabida isitish tizimining bir me'yorda ishlashini ta'minlash maqsadida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati