Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TOG' ChO'QQISIDA DAM OLISh MASKANI BUNYoD ETILAYaPTI

×

 2020-12-12 19:35:32    108

PDF yuklash
Chop etish


TOG' ChO'QQISIDA DAM OLISh MASKANI BUNYoD ETILAYaPTI

         Mo'htaram Prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida tumanimiz miqyosida keng qamrovli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu albatta, tuman iqtisodiyoti rivojiga hissa qo'shishi tabiiy hol. Birgina tuman prokurori sektorida joylashgan kichik sanoat zonasida yuzga yaqin ishlab chiqarish korxonalari bunyod etilayotir.

         Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov tavsiyasi bilan So'x tumani prokurori Farhodjon Abduvaliyev tomonidan 2-sektor hududidagi Malbut kishlog'i, ya'ni kichik sanoat zonasi hududida, tog' cho'qqisida kemping, ya'ni dam olish maskani, yoxud turbaza yaratish uchun tadbirkorlar bilan  infratuzilma yaratilmoqda. - Bu taklif, ya'ni tog' cho'qqisida dam olish maskani barpo etishni ko'pgina tadbirkorlarimiz qo'llab-quvvatlashmoqda. Yaqin kelajakda bu hududda yangi zamonaviy, dam olish maskani bunyod etib, So'x tumani dovrug'ini butun Respublika bo'ylab doston qilish niyatimiz bor, - deydi So'x tumanining tashabbuskor prokurori, 2-sektor rahbari Farhodjon Farxidinovich Abduvaliyev.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati