“OILAMIZ BILAN KITOB O'QIYMIZ”
2020-12-12 19:27:23 516
“OILAMIZ BILAN KITOB O'QIYMIZ”
Kitob bilimlar manbai. Kitob dunyoqarashni kengaytirib, insonni kamolot sari yetaklaydi. Ta'bir joyiz bo'lsa, shuni qayd qilish lozimki – kitobga oshno tutingan odamdan yomonlik chiqmaydi. Kitob inson uchun umr yilidagi eng yaxshi yo'ldosh desak, aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Respublikamizda bugun kitob va kitobxonlikka bo'lgan e'tibor davlat siyosati darajasida ekanligi bilan ham ahamiyatlidir.
Tumanimizda aholi orasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanimizning 1-sektori hududida joylashgan 11 ta ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalarga “Oilam bilan kitob o'qiymiz” shiori ostida badiiy, siyosiy, diniy va huquqiy kitoblar to'plami tarqatildi. Kitoblarni So'x tumani hokimining o'rinbosari Bobosodiq Latipov, tuman ma'naviyat va ma'rifat bo'limi rahbari Gulshan Ibragimov hamda jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruh yetkazib berishdi.
- Aslida inson uchun eng katta va qimmatbaho sovg'a kitobdir. Bunday tadbir va aktsiyalarni tuman miqyosida muntazam o'tkazish niyatimiz bor, - deydi tumani hokimi o'rinbosari Bobosodiq Latipov.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati