Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–647-son, 18.11.2020 y.) mazmun-mohiyati

×

 2020-12-11 14:58:44    279

PDF yuklash
Chop etish


“O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–647-son, 18.11.2020 y.) mazmun-mohiyati

         I. Qonunning maqsadi

 O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining faoliyatini uning asosiy vazifalari va qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish, yagonalik, mustaqillik printsiplariga asosan tartibga solishdan iborat.

         Ushbu Qonun 7 ta bob va 54 moddadan iborat.

         II. Qonunning mohiyati

         Milliy gvardiya o'z vakolatlarini har qanday davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo'ysungan holda amalga oshiradi.

         Milliy gvardiya organlari:

         Milliy gvardiyaning markaziy devoni;

         Milliy gvardiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo'yicha boshqarmalari;

         harbiy tuzilmalar;

         ta'lim va tibbiyot muassasalari.

         Milliy gvardiya bevosita Prezidentga bo'ysunadi va unga hisobdordir.

         Milliy gvardiyaga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Milliy gvardiya qo'mondoni rahbarlik qiladi. Milliy gvardiya qo'mondoni maqomiga ko'ra vazirga tenglashtiriladi.

         Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga tegishli ma'lumotga ega bo'lgan, sog'lig'ining holatiga va jismoniy tayyorgarligiga ko'ra Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo'lgan O'zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.     

         Xizmatga 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan va 30 yoshdagi fuqarolar Prezident tomonidan tasdiqlanadigan Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o'tash tartibi to'g'risidagi nizomga muvofiq qabul qilinadi.

         Milliy gvardiya xodimi lavozimiga qabul qilingan shaxslar uchun dastlabki sinov muddati 3 oydan ortiq bo'lishi mumkin emas.

         Milliy gvardiyada xizmatda bo'lishning cheklangan yoshi safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlari uchun 50 yoshni, ofitserlar tarkibi uchun — 55 yoshni (generallar uchun — 60 yoshni), ayollar uchun esa (mavjud maxsus unvonidan  qat'i nazar) — 50 yoshni tashkil etadi.

         Milliy gvardiyaning yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega bo'lgan va sog'lig'ining holatiga ko'ra harbiy xizmatni o'tashga yaroqli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati Milliy gvardiya qo'mondoni tomonidan ushbu xodimlarning roziligi bilan 5 yilgacha, Milliy gvardiyaning ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo'lgan shaxslarga esa 10 yilgacha bo'lgan muddatga uzaytirilishi mumkin.

         Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari o'ziga biriktirilgan o'qotar qurol va maxsus vositalarni xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida olib yurish, saqlash, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni hamda o'qotar qurolni qo'llash  huquqiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ega bo'ladi.

         Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali ta'minlanadi:

         •        sog'lig'ini saqlash;

         •        pul ta'minotini to'lash;

         •        uy-joy maydoni bilan ta'minlash;

         •        mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash;

         •        xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;

         •        davlat pensiya ta'minoti;

         •        davlat sug'urtasi;

         •        ijtimoiy yordam ko'rsatish.

 

         Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 6 oy o'tgach kuchga kiradi.

 

                   B.Enazarov - So'x tuman adliya bo'limi boshlig'i