MEHR-MURUVVAT – E’TIBOR NAMUNASI
2020-12-03 19:06:27 339
MEHR-MURUVVAT – E’TIBOR NAMUNASI
3 dekabrь – xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni yurtimizning barcha hududlarida keng nishonlanadi. Shu kuni hasta, boquvchisini yo'qotgan, yolg'iz kishilar holidan xabar olinadi.
Qal'a mahallasidagi 6-son maktabgacha ta'lim tashkilotida o'tkazilgan tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman prokurori Farhodjon Abduvaliyev, tuman davlat soliq inspektsiyasi rahbari Farid Turaboyev va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirok etishdi.
- “So'x tumanida ham ijtimoiy ko'makka mo'htoj insonlarni qo'llab-quvvatlash, ularga nisbatan mehr-muruvvat ko'rsatish, ularga ko'mak qo'lini cho'zish, yakka yolg'iz kishilar holidan xabar olish, xasta-bemor yotgan vatandoshlarimiz, ayniqsa, ko'ngli xasta bolajonlarimizga nisbatan e'tiborli bo'lish yaxshi an'anaga aylanib qolgan. Albatta, e'tibor va rag'bat bo'lgan joyda, mehr-oqibat mustahkam bo'lgan yurtda yuksalish va rivojlanish bo'ladi”-deya ta'kidladi tuman hokimi o'z so'zida.
Tadbir davomida So'x tumani maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamralmagan, imkoniyati cheklangan 12 nafar bolajonlarga tuman hokimligi va homiy tashkilotlarning qimmatbaho sovg'alari topshirildi. Tadbir davomida san'at g'unchalarining ko'y va qo'shiqlari, zebo raqslari ishtirokchilar qalbiga ko'tarinkilik bag'ishladi. Darhaqiqat, bunday e'tibor va rag'bat ko'ngli xasta insonlar uchun eng katta baxtdir.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati