Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“WINNERS EDUCATION CENTRE” YoShLAR XIZMATIDA

×

 2020-12-03 18:49:43    104

PDF yuklash
Chop etish


“WINNERS EDUCATION CENTRE” YoShLAR XIZMATIDA

         Davlatimiz rahbari tomonidan ta'lim sohasiga berilayotgan yuksak e'tibor tufayli bugun Respublikamizning barcha hududlarida zamonaviy o'quv markazlari, kasb-hunar maktablari tashkil etilmoqda. Bu yo'nalishda viloyatimizning eng chekka tumani – So'xda ham keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

         Tumanning 1-sektori hududi - Tul mahalla fuqarolar yig'inida yosh tadbirkor Homitali Haydarov tashabbusi bilan 3 qavatli “Yoshlar mehnat guzari” tashkil etilib, foydlanishga topshirilgan edi. Endilikda bu markaz hududning talaba yoshlariga beminnat xizmat ko'rsatilayotir. Yaqinda guzarning uchinchi qavatida yangi “Winners education centre” nomli o'quv markazi faoliyat boshladi. Markazda 8 nafar yetakchi va malakali mutaxassislar talaba yoshlarga matematika, kimyo, biologiya, ona tili, ingliz tili va rus tilidan dars berishmoqda. Ayni kunda o'quv markazida 85 nafar talabalar ta'lim olishadi.

         - Markazda barcha fanlar chuqurlashtirilgan tarzda, umumta'lim maktab programmasi asosida o'qitiladi. Ta'lim olishga ishtiyoqi baland yoshlarning ko'pligi bois, yaqin kunlarda markaz faoliyatini kengaytirmoqchimiz. Markazda yangi kutubxona, o'qish zali, oshxona va tinglovchilarga xizmat ko'rsatish nuqtasini tashkil etish niyatidamiz. Bizga imkoniyat yaratib bergan tadbikordan behad minnatdormiz. Endi So'xlik yoshlar masofa va ortiqcha sarf-xarajatlardan xalos bo'lishdi. Shu kungacha So'xlik yoshlar viloyatimiz markazi va boshqa shahar-tumanlarda tashkil etilgan repetitorlik kurslariga qatnashardi. Endilikda tumanimizning o'zida ham o'quv markazlari  va repetitorlik kurslari tashkil etilmoqda, - deydi o'quv markazining ingliz fani o'qituvchisi Hisenxon Yoqubov.

         Shuningdek, “Yoshlar mahnat guzari” da o'quv markazdan tashqari, tikuvchilik sexi va fitness-klub faoliyati ham yo'lga qo'yilgan. Bunday sharoitlardan mahalla yoshlari samarali foydalanishayotir.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati