YoSh IShTIROKChIGA SERTIFIKAT TOPShIRILDI
2020-11-30 17:47:09 179
YoSh IShTIROKChIGA SERTIFIKAT TOPShIRILDI
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan “Bola huquqlarini himoya qilishdagi kamchiliklar, muammo va yechim” mavzusida I Xalqaro bolalar onlayn Konferentsiyasi tashkil etildi.
Ushbu Konferentsiyaning Markaziy studiyasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) o'rinbosari, Bola huquqlari bo'yicha vakil, Xalq ta'limi vazirligi, Bosh Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Yunisef, Yoshlar ishlari agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining rahbar xodimlari, jurnalist va blogerlar hamda hududlardan tashrif buyurgan “Kamalak” bolalar tashkilotining faol Sardorlari ishtirok etdi.
Konferentsiyada So'x tumanidan 2-IDUM talabasi Nabijon Nazirjonov ham ishtirok etdi. Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Nabijon Nazirjonovga tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan I Xalqaro bolalar onlayn Konferentsiyasi ishtirokchisi sertifikati topshirildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati