Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 195 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MEN O'QIGAN KITOB”

×

 2020-11-30 17:36:37    160

PDF yuklash
Chop etish


“MEN O'QIGAN KITOB”

         Respublikamizda yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb qilish, ular o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida davlatimiz siyosati darajasida tizimli  ishlar olib borilmoqda. Zotan, kitob bilim manbai hisoblanadi va u insonni kamolot sari yetaklaydi. Ayniqsa, kitobsevar yoshlarni izlash, ularni tanlab olish va munosib rag'batlantirish ularda kitobga bo'lgan shavq va mehr-muhabbatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

         Viloyat mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Men o'qigan kitob” onlayn ko'rik-tanlovida ishtirok etgan 18-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 10-sinf o'quvchisi Nargiza Yigitaliyeva faxrli o'rinni egallagan faol So'xlik talabalardan. Kitob, badiiy adabiyotga bo'lgan shavq Nargizaning qalbida yoshligidan paydo bo'lgan.

         Nargiza Yigitaliyevaga tuman mahalla va oilani qo'llab quvvtalash bo'limi va ma'naviyat targ'ibot markazining faxriy yorlig'i va esdalik sovg'alari hamda badiiy adabiyotlar taqdim etildi. Shuningdek, Nargizaga onlayn ko'rik-tanlovda tuman sha'nini munosib himoya qilganligi uchun “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan 500 000 so'm miqdorida pul mablag'i topshirildi.       

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati