Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUNOSIBLAR TAQDIRLANIShDI

×

 2020-11-26 17:30:59    150

PDF yuklash
Chop etish


MUNOSIBLAR TAQDIRLANIShDI

         Jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni oldini olishda ichki ishlar organlari xodimlarining hissasi cheksiz. Zotan, har bir fuqaro yaxshi inson bo'lishi mumkin, lekin yaxshi ichki ishlar xodimi bo'lish hammaga ham nasib etavermaydi degan so'zlar bejizga aytilmagan.

         Jinoyatchilikni oldini olish, hududlarda jamoat tartibini saqlash, mahallalarda profilaktik ishlarini samarali yo'lga qo'yish, o'zini o'zi boshqarish organlari va keng jamoatchilik bilan mustahkam hamkorlikni yo'lga qo'yish, jamiyatda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda ichki ishlar vakillarining faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish bo'yicha tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning tuman ichki ishlar bo'limi shaxsiy tarkibi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev ham ishtirok etdi.

         Uchrashuvda tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo'yicha olib borilayotgan ishlar sarhisob qilindi. – Tumanimizda olib borilayotgan keng ko'lamli obodonlashtirish ishlarida ichki ishlar xodimlarining hissasini alohida e'tirof etish lozim. Mo'htaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 4798-sonli qarorini bajarilishida ham ichki ishlar xodimlarining hissalari cheksiz. Mehnatda, professional vazifasini bajarishda namuna, kasbiy mahoratga ega bo'lgan ichki ishlar xodimlari munosib rag'batlantrilishi lozim, - dedi tuman hokimi o'z so'zida. – Lekin oldimizga qo'yilgan asosiy vazifani har birimiz sidqidildan bajarishimiz shart va zarur. Bu – xalqimizga munosib farzand sifatida xizmat qilish va roziligini olishdan iborat.

         Tadbirda bir guruh tuman ichki ishlar bo'limi xodimlariga qimatbaho sovg'alar, faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar taqdim etildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi IIVning buyrug'iga binoan podpolkovnik Boqijon Pirnazarovga III-darajali “Ichki ishlar oraganlarida benuqson xizmatlari uchun” ko'krak nishoni topshirildi.

         Shuningdek, kapitan Alisher Madumarov, mayor Zarifjon Hasanovlarga Farg'ona viloyati hokimining faxriy yorlig'i va tashakkurnomasi taqdim etildi. Farg'ona viloyati hokimining qimmatbaho va esdalik sovg'alari bilan katta leytenant Yusufali Tojiboyev, katta leytenant Doniyor Ermatov, kapitan Jahongir Yuldashev, podpolkovnik Ravshanjon Dodoboyev va mayor Dodoshukur Shukurovlar taqdirlanishdi. Tadbirda qo'yidagi xodimlar – podpolkovnik Dilmurod Mamaziyaev, kapitan Xurshed Toirov, katta leytenant Firuz Salomov, katta leytenant Yusufali Tojiboyev va katta serjant Dilshod Gadoyevlarga Farg'ona viloyati IIB boshlig'i tomonidan minnatdorchilik e'lon qilindi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati