KASBGA O'QITISh MARKAZI ISh BOShLADI
2020-11-24 16:53:16 141
KASBGA O'QITISh MARKAZI ISh BOShLADI
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Respublikamizda yoshlar bandligini ta'minlash, ularga qo'shimcha ish o'rinlari yaratish hamda malakali kadrlarni tayyorlash, ishsizlarni kasbga qayta tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Buning uchun, hududlardagi bo'sh turgan binolarni kasbga o'qitish markazlariga aylantirish masalasida So'x tumanida arzirli ishlar amalga oshirilmoqda.
So'x tumani sobiq ijtimoiy-iqtisodiyot va pedagogika kasb-hunar kolleji hududidagi 2-sektor binosida bo'sh turgan xonalar mavjud bo'lib, ushbu binoda monomarkaz tashkil qilish uchun Farg'ona viloyati moliya bosh boshqarmasi tomonidan 40 million so'm mablag' ajratilib, yo'naltirilgan mablag' evaziga ta'mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi.
Shuni ham alohida qayd qilish lozimki, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Farhodjon Abduvaliyev tashabbusi bilan sektor joylashgan binoda 5-tashabbus markazi faoliyati yo'lga qo'yildi. Endilikda bu maskanda yangi kasbga o'qitish markazi ham ish boshladi.
So'x tumani bandlikka ko'maklashish markazi rahbari R. Jonizoqovning ma'lumotiga ko'ra, hozirgi kunda kasbga o'qitish markazida tikuvchilik va kompьyuter savodxonligi kurslari tashkil etilgan. Shuningdek, yaqin kunlarda markazda pazandachilik, erkaklar sartaroshi, rus tilini o'qitish markazi ham tashkil etiladi. Tikuvchilik kurslariga 15 nafar va kompьyuter savodxonligi kurslariga 10 nafar tinglovchilar jalb etilgan. Kasbga o'qitish mutaxassisi-ustozlarga tuman bandlikka ko'maklashish markazi tomonidan o'tilgan darsning har bir soati uchun 17 000 so'mdan haq to'lanadi va tinglovchilarga oylik ish haqining bir baravari miqdorida stipendiya beriladi. Shuningdek, tumanning 1-sektori hududida joylashgan Tul mahallasida ushbu markazning filiali ham ochilib, faoliyat yuritmoqda.
Ma'lumot o'rnida: shu kungacha Prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida tuman agrosanoat va qishloq-xo'jalik kasb-hunar kollejlari bazasida kasbga o'qitish kurslarini tashkil etish hisobiga ishsiz, band bo'lmagan 315 nafar fuqarolar pazandachilik, tikuvchilik, elektromontyorlik, kulolchilik yunalishlarida kasb o'rganishdi, o'qitish hamda stipendiya xarajatlariga 94,7 mln so'm mablag' yo'naltirildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati