“AGROBANK” NING ShIFOKORLARGA SOVG'ASI
2020-11-23 17:07:12 164
“AGROBANK” NING ShIFOKORLARGA SOVG'ASI
Respublikamizda aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirish, tabobat maskanlarini zamonaviy tibbiy dastgohlar bilan ta'minlash, tabobat madaniyatni oshirish bo'yicha tizimli ishlar, samalari islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning barchasi inson manfaatini ko'zlab amalga oshirilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.
Hayotiy islohotlar samarasidan Respublikamizning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz ham bahramand bo'lishayotir. Davlatimiz rahbarining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 4798-sonli qarorida tuman kasalxonasini investitsion dastur doirasida zarur zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta'minlash ko'rsatib o'tilgan.
Tuman markaziy shifoxonasini zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta'minlashda homiylar ko'magini ham alohida e'tirof etish lozim. Kuni kecha Respublika “Agrobank” ATB tomonidan tuman markaziy shifoxonasining diagnostika markaziga yangi zamonaviy UZI dastgohi sovg'a qilindi. Dastgohning qiymati salkam 400 million so'mni tashkil etadi. – Albatta, mo'htaram Prezidentimiz tomonidan berilayotgan e'tibordan barcha tibbiyot xodimlari minnatdor. Shu kungacha tuman markaziy shifxonasiga davlatimiz rahbari e'tibori asosida salkam 10 milliard so'mlik zamonaviy tibbiy jihoz va dastgohlar olib kelindi. Tuman SEOMiga ham qiymati salkam 1 milliard so'm bo'lgan PTSR dastgohi olib kelindi. Respublika “Agrobank”-i homiyligi asosida berilgan yangi UZI apparati ham xalqimiz salomatligi yo'lida xizmat qilishiga ishonamiz,- deydi tuman markaziy shifoxonasi bosh hakimi R. Tojiyev.
Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashiga So'x tumani 45-saylov okrugidan saylangan deputat Murodjon Azimov tomonidan Chashma mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 11-sonli UO'T maktab o'qituvchisi Mahliyoxon Nurovaga televizor sovg'a qilindi. O'qituvchi deputat M. Azimov bilan bo'lib o'tgan avvalgi uchrashuvda televizor olishda amaliy ko'mak ko'rsatishni aytgan. Bu ham “Agrobank” ATB Farg'ona viloyati boshqarmasi tomonidan qilingan amaliy ko'mak hisoblanadi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati