Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SOG'LOM HAYOT SARI 5000 QADAM”

×

 2020-11-21 15:50:06    195

PDF yuklash
Chop etish


“SOG'LOM HAYOT SARI 5000 QADAM”

         Harakat qadamdan boshlanadi. Yaxshi iniyat ila qo'yilgan har bir qadam inson uchun naf keltirishi sinalgan hayotiy haqiqat. Aytish joyizki, bugungi kunda Respublikamizda aholini sportga jalb etish, jamiyatda sog'lom turmush tarzini ta'minlashga qaratilgan mustahkam qadamlar qo'yilmoqda.

         Bugun erta tongdan So'x tuman tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, tuman ichki ishlar bo'limi hamkorligida mahalla fuqarolar yig'inidagi nuroniy otaxonlar, yoshlar ishtirokida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida “Sog'lom hayot sari 5000 qadam” aktsiyasi o'tkazildi. Aktsiyada tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman prokurori Farhodjon Abduvaliyev, tuman davlat soliq inspektsiyai boshlig'i Faridjon To'raboyev, shuningdek, tuman hokimi o'rinbosarlari, korxona-tashkilot va muassasa rahbarlari, harbiylar ishtirok etishdi.

         Yosh sportchilarimiz va mahoratli uloqchilar aktsiyaning startidan to finishigacha davlatimiz bayrog'ini g'urur va iftixor ila ko'tarib kelishdi. Aktsiyada 700 nafarga yaqin 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan fuqarolar ishtirok etishdi.

         - Bunday tadbirlar, ayniqsa, sport tadbirlari tumanimizning barcha sektorlar kesimida muntazam o'tkaziladi. Maqsadimiz tumanimizda keng jamoatchilikni sportga jalb etish va soha rivojiga o'z hissamizni qo'shishdan iborat. Zotan, sport salomatlik garovidir va biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz, - dedi tuman hokimi tadbir oxirida.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati